So’nggi yangiliklar

01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  399 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4

“Bunyodkor” – “Fulad”. VIDEO prevyu Yangiliklar

“Bunyodkor” – “Fulad”. VIDEO prevyu

19 mart, chorshanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi doirasida Eronning “Fulad” klubini qabul qiladi.
Avvalo, “qaldirg'ochlar”ning chorshanba kungi raqibi – “Fulad” klubi haqida qisqacha malumot berib o'tsak. Axvaz shahri sharafini himoya qiluvchi ushbu klub 1973 yilda tashkil etilgan. Jamoaning to'liq nomi “Fulad Xuzestan” futbol klubi. “Fulad” uy uchrashuvlarini 51000 muxlisga mo'ljallangan “G'adir” stadionida o'tkazadi. Klub vakillari hozircha birgina yutuq – 2005/2006 yilgi mavsumlarda qo'lga kiritilgan Eron chempionligi bilan maqtana olishadi xolos. Axvazliklar Osiyo CHempionlar ligasida ikkinchi bor ishtirok etishmoqda. Bungacha ular 2006 yilgi mavsumda Quvaytning “Al-Qodisiya”, O'zbekistonning “Paxtakor” va Suriyaning “Al-Ittihod” klublari bilan guruh bosqichida kuch sinashib, pley-offga yo'llanma ololmagandi.

“Fulad”ga qarshi uchrashuv “Bunyodkor” va Eron klublari qarama-qarshiligidagi 13-to'qnashuv sifatida qayd etiladi. Bungacha o'tkazilgan 12ta o'yinning 5tasida “Bunyodkor”, 3tasida eronliklar g'alaba qozonishgan. 4ta uchrashuvlarda kuchlar teng kelgan. To'plar farqi – 18:14, “Bunyodkor” foydasiga.

“Bunyodkor”ning chililik hujumchisi Xose-Luis Vilyanueva o'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi hisoblanadi. Xose eronliklarga qarshi atigi ikki bahsda maydonga tushgan bo'lsa-da, raqib darvozasiga 4ta gol urishni uddasidan chiqqan.

O'zaro o'yinlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchi haqida gap ketganda Azizbek Haydarovni aytib o'tish darkor. Hozirgi paytda BAA chempionatda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz eronliklarga qarshi “Bunyodkor” safida 11ta uchrashuv o'tkazgan.

“Fulad” hozircha Osiyo CHempionlar ligasida sakkizta uchrashuv o'tkazgan. SHularning 4tasini uyda va shunchasini safarda. Etiborlisi, axvazliklar hali mehmondagi o'yinlarda g'alaba qozona olishmagan. 4 o'yin, 2 durang va 2 mag'lubiyat. To'plar farqi – 0:4.

“Bunyodkor”ning “Fulad”ga qarshi Toshkentdagi bahsi “qaldirg'ochlar”ning Osiyo CHempionlar ligasi tarixidagi 55-uchrashuvi sifatida qayd etiladi. “Bunyodkor” hisobida 22ta g'alaba, 16ta durang va 16ta mag'lubiyat bor. To'plar farqi – 68:64.

“Fulad” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasi tarixida O'zbekiston klublari bilan 2006 yilda ro'baro' kelgan. O'shanda eronliklar “Paxtakor” bilan kuch sinashishib, har ikkala bahsda ham mag'lub bo'lishgan. Toshkent 2:0, Eronda 1:3.

“Bunyodkor” va Eron klublari qarama-qarshiligida etti mamlakat hakamlari faoliyat yuritishgan. Ular ichida qatarlik Abdulloh Balideh va xitoylik Sun Baoji ikki marotabadan o'zaro o'yinlarda ishlashgan. 19 mart kungi bahsda ilk bora quvaytlik bosh hakam “Bunyodkor” va Eron klublari uchrashuvini boshqarib boradi.

“Qaldirg'ochlar”ning Eron klublari bilan o'zaro o'yinlarini eslab o'tarkanmiz, 2009 yilning 27 may sanasida bo'lib o'tgan “Piruzi” – “Bunyodkor” bahsiga to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Boisi o'sha uchrashuvni tomosha qilish uchun “Ozodi” stadioniga 95225 nafar muxlislar tashrif buyurgan va bu ko'rsatkich Osiyo CHempionlar ligasi tarixida o'ziga xos rekord o'rnatgan edi.

Muxlislarni 19 mart oqshomida “Paxtakor” markaziy stadionida O'zbekistonning Osiyo CHempionlar ligasidagi yagona vakili – “Bunyodkor”ni qo'llab-quvvatlashga chorlab qolamiz.


TAS-IX hududida


TAS-IX emas

Videolavha muallifi - Akbar Dadashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика