So’nggi yangiliklar

19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  1 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  0 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  6 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  9 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  5 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  6

“Bunyodkor” darvozabonlar uchun ochiq mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

“Bunyodkor” darvozabonlar uchun ochiq mashg'ulot o'tkazdi

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi – “Darvozabon – yarim jamoa!” shiori ostida ochiq mashg'ulot o'tkazdi.


Unda asosiy jamoa darvozabonlari murabbiyi Abdusattor Rahimovdan tortib to akademiyada tarbiya topayotgan eng yosh posbongacha jami 35ta darvozabon qatnashdi. Tadbir “Bunyodkor”ning asosiy stadionida qariyb ikki soatga yaqin davom etdi. Unda darvozabonlar bu amplua vakillarining mashg'ulotlar jarayonidagi harakatlari naqadar mashaqqatli ekanligini amalda namoyish etib berishdi.

Ochiq mashg'ulotni kuzatib borgan “Bunyodkor” FK Bosh direktori Baxtiyor Boboev va futbol maktabi direktori Sergey Lushchanning tadbir haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Baxtiyor BOBOEV (“Bunyodkor” FK bosh direktori):
- Bugungi tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad ushbu ampluaga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirishdir. Mana ko'rib turganingizdek, futbol maktabimizda tarbiya topayotgan yosh posbonlar Pavel Bugalo, Murodjon Zuhurov, Akbar To'raev singari darvozabonlar bilan birga shug'ullanishib, o'z tajriba zaxiralarini boyitib borishmoqda. O'ylaymanki, bugungi tadbir yosh darvozabonlarimiz uchun foydali bo'ldi.


Sergey LUSHCHAN (“Bunyodkor” futbol maktabi direktori):
- Bilasizmi, keyingi mavsumdan boshlab O'zbekistonda xorijlik darvozabonlar limiti olib tashlanadi. SHunday ekan, darvozabon ampluasiga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishimiz, hozirda darvozabon sifatida shug'ullanayotganlarga o'z etiborimizni kuchaytirishimiz kerak. Bugungi ochiq mashg'ulotni tashkil etib, “Bunyodkor” futbol maktabida shug'ullanayotgan yosh darvozabonlarga xursandchilik ulashdik, deb o'ylayman. CHunki Bugalo, Zuhurov va To'raev singari darvozabonlar bilan bir safda hamma ham mashg'ulot o'tkazishni istaydi.

“Darvozabon – yarim jamoa!” deb nomlangan ochiq mashg'ulot FOTOJAMLANMAsi bilan tanishishingiz mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика