So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Bunyodkor" Boshkovich bilan shartnomani bekor qildi Yangiliklar

"Bunyodkor" Boshkovich bilan shartnomani bekor qildi

"Bunyodkor" va Ivan Boshkovich o'rtasidagi holat tinch yo'l bilan hal etildi, deya xabar berdi O'zPFL.

28 yanvar kuni "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Ligaga murojaat qilib, u va klub o'rtasida 2022 yilning 27 dekabr kuni imzolangan hamda qo'shimchalar kiritilgan mehnat shartnomasi bir oy ichida musobaqa o'tkazuvchi tashkilot tomonidan ro'yxatdan o'tkazilmaganligini malum qilgandi. 

Bu bilan "Bunyodkor" futbol klubi "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 12.2-bandini buzgan. SHundan kelib chiqib, Liga ishni O'FA tegishli qo'mitasiga oshirgandi. Mazkur masala bugun bo'lib o'tadigan yig'ilishda ko'rib chiqiladi. 

Unga qadar esa klub va bosh murabbiy o'rtasida tinchlik kelishuvi imzolandi. Jarayon Liga ofisida bayonlashtirilgan bo'lib, unga ko'ra "Bunyodkor" futbol klubi o'zaro shartnoma asosida barcha moliyaviy majburiyatlarni bajardi hamda Boshkovich bilan mehnat shartnomasini bekor qildi. Endilikda "Bunyodkor" O'FA qo'mitasining qarorini kutishi kerak bo'ladi. SHundan keyin klub yangi bosh murabbiyni Liga ro'yxatidan o'tkazishi mumkin.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика