So’nggi yangiliklar

20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  11 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  7 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  20 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

“Bunyodkor-B” – 2-BO'SM 26:8 (!) Yangiliklar

“Bunyodkor-B” – 2-BO'SM 26:8 (!)

6 aprel kuni “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida bolalar va o'smirlar o'rtasida Toshkent shahar birinchiligining 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda akademiyamizning “Bunyodkor-B” jamoasi BO'SM-2 ning turli yosh toifasidagi jamoalarini qabul qildi. SHu kungi o'yinlar umumiy natijasiga ko'ra yosh “qaldirg'ochlar” mehmonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Umumiy to'plar nisbati ham shunga yarasha: 26:8!!!

Quvnoq gollar shousi: 6:2 (1998)
Quvnoq deyishimizga sabab bor, albatta. SHu kunga belgilangan o'yinlar orasida aynan ushbu bahs qiziqarliligi bilan ajralib turdi. O'yinni mezbonlar katta ustunlik bilan boshlashdi va tezkor gol urishning uddasidan chiqishdi. 4-daqiqada qanotdan uyushtirilgan hujumni Javlon Abduhamidov boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni ochdi. Goldan so'ng ham bunyodkorchilar hujumni to'xtatmadi. 16- va 18-daqiqalarda Umid Mavlonov va Raul Akgurin tomonidan kiritilgan ikki gol hisobning yanada yiriklashishiga olib keldi. Tan olib aytish kerakki, shu kuni mezbonlar o'yinni o'zlari xohlagandek boshqara olishdi. Ikkinchi bo'limda ham gollar shousi davom etdi. Dastlab mehmonlar ketma-ket ikkita gol urishning uddasidan chiqishdi. Biroq bu holat mezbonlar ruhiyatiga salbiy tasir ko'rsatmadi va yakunda Ulug'bek Mamanorov, Saydulla Toshpo'latov, Xristas Saakov tomonidan kiritilgan gollar “Bunyodkor-B”ga yirik g'alabani taqdim etdi.

Taktik o'yindagi ustunlik: 2:0 (1999)
Ushbu yosh toifasidagi jamoalar uchrashuvi murabbiylarning o'ziga xos taktik yurishlari bilan yodda qoldi. Har ikki jamoa vakillari murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni aniq va ishonchli bajarishdi. Vaziyatlardan foydalanish bo'yicha ustunlik mezbonlar tomonida bo'ldi va bu tezda hisobda o'z aksini topdi. Birinchi bo'limning 21-daqiqasida Akobir Mustafaqulov jarima zarbasidan muvaffaqiyatli foydalanib yosh “qaldirg'ochlar”ni oldinda olib chiqdi. Goldan so'ng o'yin asosan maydon markazida kechdi. Faqatgina o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida zahiradan maydonga tushirilgan SHuhrat Nurillaev tomonidan kiritilgan gol “Bunyodkor-B”ning g'alabasini mustahkamladi.

3:0 (2000)
Yorqin Nazarov boshqaruvidagi “Bunyodkor-B”ning 2000-yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoasi ham ishonchli g'alabalar ketma-ketligini davom ettirishdi. BO'SM-2 tarbiyalanuvchilari ushbu o'yinda mezbonlarga har qancha qarshilik ko'rsatmasin yakunda mag'lubiyatga uchradilar. Etiborlisi, o'yindagi barcha gollar birinchi bo'limda darvozalardan joy oldi. Dastlab Boburmirzo eraliev penaltidan mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan 2 minut o'tib Ravshan Husanov ikkinchi golni raqib darvozasiga yo'lladi. 42-daqiqada esa Farrux Nodirov burchak to'pidan unumli foydalanib hisobni 3:0 ga etkazdi va o'yinga mantiqiy yakun yasadi.

Irodaning oliy namunasi: 3:2 (2001)
SHubhasiz, ushbu o'yin bunyodkorchilar matonatini yana bir bor namoyish etdi. O'yin teng kurashlar ostida boshlandi. Jamoalar o'z o'yinlarini maydon markazida tashkil etdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Goldan ruhlangan BO'SM-2 o'yinchilari tinimsiz tarzda hujumlar uyushtirib turishdi. Bu tezda o'z samarasini berib, mehmonlar ikkinchi bor “Bunyodkor-B” darvozasini ishg'ol qildi. Birinchi bo'lim 0:2 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo'limni ko'tarinki ruhda boshlagan mezbonlar ketma-ket uchta gol urib, o'yinni o'z foydalariga hal qildi. SHohruh Asqarov, Muhammadqodir Ahadov va Abduazim Abdulazizov tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga irodali g'alabani tuhfa etdi.

3:0 (2002)
Akmal Risqullaev shogirdlari raqibga ochiq futbol taklif etib, yakunda ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. To'pni nazorat qilish borasidagi murabbiy ko'rsatmalari xuddi mashg'ulotlardagi singari aniq amalga oshirildi. “Bunyodkor-B” ning har ikki qanotdan uyushtirgan tinimsiz hujumlari xavfli ko'rinish ola boshladi. Jalol Vohidov o'yinning 20-daqiqasida hisobni ochdi. Oradan 3 minut o'tib Abduqodir Husanov yana bir bor mehmonlar darvozabonini dog'da qoldirdi. O'yinning ikkinchi bo'limi ham qiziqarli tarzda o'tdi. Mezbonlarning uchinchi goliga SHahriyor Otaxonov mualliflik qildi va o'yinni “Bunyodkor-B” foydasiga hal bo'lishini taminladi.

Kichik “master-klass”: 6:3 (2003)
2003-yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilar bahsida darvozalarga 9 ta (!) gol kiritildi. O'yin qiziqarli kechdi. Bunyodkorchilardan Xondamir Alibekov va Muboshir Malikov dubl qayd etgan bo'lsa, Feruz Bahodirov va Zufar Abdubannobov o'z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. Mehmonlar bunga javoban uchta gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
3:1 (2004)

SHu kunga belgilangan o'yinlarni yakunlab beruvchi ushbu bahs ham mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Akmal Haydarov, Mirmuhsin Muhsinov va Azimjon Husanovning gollari “Bunyodkor-B”ga raqib ustidan ishonchli g'alaba keltirdi. O'yin asosan BO'SM-2 jarima maydonida kechdi va uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.

Sanjar Ismatov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика