So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  0 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  14 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  21 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

“Bunyodkor-2000” SHimoliy Koreyadagi turnir yarim finalida! Yangiliklar

“Bunyodkor-2000” SHimoliy Koreyadagi turnir yarim finalida!

Teglar :  Bunyodkor
Avval xabar berib o'tganimizdek, SHimoliy Koreyaning Pxenyan shahrida xalqaro turnir o'tkazilmoqda.

Tashkilotchilar bungacha ushbu musobaqani Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlarida U-15 va U-16 yosh toifasida uyushtirishgandi. Turnirdan ko'zlangan asosiy maqsad SHimoliy va Janubiy Koreya mamlakatlari o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashdir.

15 yoshli futbolchilar o'rtasida ikkinchi bor o'tkazilayotgan “Ari Sports Cup” turnirida “Bunyodkor” futbol maktabining 2000 yilda tavallud topgan futbolchilari ishtirok etishmoqda.

21-23 avgust kunlari musobaqaning guruh bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi jamoamiz ilk uchrashuvda mezbonlar – “Pxenyan” futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Lekin keyingi ikkita bahsda vakillarimiz Janubiy Koreyaning “Kangvondo” va Xorvatiyaning NK OSIEK klublarini 2:0 hamda 1:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'llanma olishdi.

Uchrashuvlar qitamizning eng ulkan arenasi bo'lmish Pxenyandagi “Birinchi May” stadionida o'tkazilmoqda va o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionga 50-60 minglab muxlislar yig'ilayotganini murabbiylarimiz etkazishdi.

2000 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz final yo'llanmasi uchun SHimoliy Koreyaning “4.25 sport klubi” futbolchilari bilan kuch sinashadilar.

“V” GURUHI
1. “Bunyodkor” (O'zbekiston)
2. NK OSIEK (Xorvatiya)
3. “Pxenyan” (SHimoliy Koreya)
4. “Kangvondo” (Janubiy Koreya)

1-tur, 21 avgust
“Bunyodkor” – “Pxenyan” 0:3
NK OSIEK – “Kangvondo” 0:1

2-tur, 22 avgust
“Pxenyan” – NK OSIEK 5:1
“Bunyodkor” – “Kangvondo” 2:1

3-tur, 23 avgust

“Pxenyan” – “Kangvondo” 3:0
NK OSIEK – “Bunyodkor” 0:1


YARIM FINAL
24 avgust

“4.25 sport klubi” – “Bunyodkor”
“Pxenyan” – Atletiko Sorokaba”

5-O'RIN UCHUN

“Kyongido” – “Kangvondo”

7-O'RIN UCHUN
“Konmin” – NK OSIEK

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика