So’nggi yangiliklar

22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  1 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  14 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  16 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  17 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  26 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  58 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  5

Bundesliga: O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi o'yin taqdirini hal etdi, "Bavariya"ning g'alabali odimi davom etmoqda va boshqa tafsilotlar Yangiliklar

Bundesliga: O'zbekistonda tug'ilgan futbolchi o'yin taqdirini hal etdi, "Bavariya"ning g'alabali odimi davom etmoqda va boshqa tafsilotlar

Germaniya chempionatining 4-turi yakunlari haqida to'xtalib o'tamiz.

Turning ilk o'yini SHtutgartda kechdi va unda "SHtutgart" jamoasi o'z uyida "Fortuna Dyusseldorf" mehmon qildi. Keskin kurashlarga boy o'tgan isob ochilmadi. Natijada Tayfun Korkut boshchiligidagi jamoaning g'alabasiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi. "Fortuna Dyusseldorf" esa mehmonda qimmatli bir ochkoni qo'lga kiritdi.

Pol Dardai qo'l ostida mavsumni ajoyib tarzda boshlagan poytaxtliklar uchun bu tur ham muvaffaqiyatli keldi. Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bilan o'z uyida bellashgan "Gerta" raqib darvozasi tomon to'rt marotaba yo'l topa olishdi. Raqib esa bunga ikkita gol bilan javob qaytardi. Mazkur bahsda Vedad Ibishevichning dubli "Gerta"ga mavsumdagi uchinchi g'alabani taqdim etdi va ayni paytda chempionlik uchun kurashda "Bavariya"ning eng yaqin raqobatchisiga aylandi.


Turning markaziy o'yinlaridan birida "Xoffenxaym" "Borussiya" Dortmund bilan to'qnash keldi. Maydon egalarining ustunligida o'tgan matchda "Borussiya"ning birgina imkoniyatdan foydalanganida dortmundliklarga 1 ochkoni hadya etdi. Yulian Nagelmann jamoasi esa katta ustunlikni hisobda to'liq aks ettira olmadi. Natijada jamoalar 2 ochkodan yo'qotishib, bir ochkoni o'z aktivlariga qo'shib qo'yishdi.



Myunxenda o'tgan gollarga boy uchrashuvda mehmon jamoa Bremenning "Verder" klubi "Augsburg" ustidan g'alabani tantana qildi. O'yin "Verder"ning ketma-ket ikkita goli bilan boshlandi. Tanaffusdan so'ng mezbonlar muvozanatni tiklashdi. Biroq o'yin yakuniga yaqin Davi Klaassen baribir bremenliklarga qimmatli 3 ochkoni keltirgan muhim golni urdi.


Kutilmagan natija esa "Volfsburg" hamda "Frayburg" o'rtasidagi bahsda kuzatildi. Kristian SHtrayx hamkasbi Bruno Labbadiaga "master klass" ko'rsatdi. Garchi mehmonda o'ynagan bo'lishiga qaramasdan shu kuni "Frayburg" safarda xo'jayindek o'ynadi. Natijada Roland Sallai, Nils Petersen va Mayk Franc tomonidan kiritilgan gollarga yakunda Admir Mehmedi birgina goli bilan javob qaytardi. Ammo bu gol mezbon jamoa muxlislarini kayfiyatini yaxshilash uchun juda kamlik qildi. "Frayburg" esa mavsumdagi ilk g'alabasini nomdor raqib maydonida nishonladi.


Bundesligaga qaytgan "Nyurnberg" o'z uyida "Gannover"ni sinovdan o'tkazdi. O'zbekistonda tug'ilgan Anton Valdemarning avtogoli mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Goldan ruhlangan "Nyurnberg" esa oradan 1 daqiqa o'tar-o'tmas raqib darvozasiga ikkinchi to'pni ham kiritdi. Bu esa o'yin taqdirini uzil-kesil hal etdi.



Mavsumni o'ta yomon boshlagan Gelzerkirxenning "SHalke" jamoasi o'z uyida amaldagi chempion "Bavariya"ni qabul qildi. O'yin "Bavariya"ning tashabbusi ostida o'tdi va Xames Rodrigezning natija keltiruvchi harakatlari va goli yakunda myunxenliklarga ketma-ket to'rtinchi g'alabani taqdim etdi. Bu esa Niko Kovach boshqaruvidagi jamoaning yaqqol peshqadamligini yanada mustahkamladi. Tedesko boshchiligidagi "SHalke" esa yana bir bor mag'lubiyat alamini tatib ko'rishga majbur bo'ldi. Bu esa jamoani turnir jadvalida eng oxirgi pog'onanini band etishi uchun etarli bo'lmoqda.



Mavsum starti omadsizlaridan biri bo'lib turgan "Bayer" nihoyat bu turga kelib o'zini o'nglab olganini isbotladi. Kai Xaverc tomonidan kiritilgan muhim gol yakunda yagonaligicha qoldi. Natijada Xayko Xerlixx jamoasi Bundesligadagi ilk g'alabasini rasmiylashtirdi va turnir jadvalining quyi qismidan sal uzoqlashdi.



Mavsum avvalida murabbiylari almashgan jamoalar: "Ayntraxt" va "Leypcig" o'rtasidagi bahsda g'olib nomi aniqlanmadi. Birinchi bo'limda Gelson tomonidan hisob ochildi, keyinchalik ikkinchi taymda Emil Forsberg "nuqta"dan muvozanatni tikladi. Mazkur bahsda boshqa gollar kiritilmadi va natijada do'stlik g'alaba qozondi.


Bundesliganing 4-turida jami 24ta gol kiritildi. Mehmonda o'ynagan jamoalardan "Frayburg", "Verder" va "Bavariya" g'alaba nashidasini surdi.

Germaniya chempionatining o'tgan to'rt turidan so'ng birgina mag'lubiyatga uchramagan jamoa - "Bavariya". Aksincha, hali g'alaba tamini tatib ko'rmagan jamoa esa "SHalke" bo'lib turibdi.



To'purar esa "Gerta" futbolchisi Ondrey Duda bo'lib turibdi. Slovakiyalik futbolchi hisobida 4ta gol mavjud.


Eng yaxshi assist ham aynan "Gerta" jamoasiga tegishli. Gollandiyalik yosh iqtidor sohibi Dilrosun hisobida 3ta golli uzatma bor. Qizig'i, ushbu hujumkor vinger "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi bahsda ikkita golga assistentlik qildi va o'yin davomida sheriklariga uzatmalarni amalga oshirish bo'yicha 100% natijani qayd etdi.



Bundesliga, 4-tur ramziy terma jamoasi



Eslatib o'tamiz, Bundesligada navbatdagi tur o'yinlariga ertadan start beriladi. BUNDESLIGA BO'LIMI

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика