So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Bundesliga: "Der Klassiker"da gollar-shousi yoxud "Bavariya" yakka hokim Yangiliklar

Bundesliga: "Der Klassiker"da gollar-shousi yoxud "Bavariya" yakka hokim

Bundesliganing 11-turining markaziy bahsida "Bavariya" Dortmundda zafar quchdi.

Yupp Xaynkes kelganidan keyin Bundesligada 4ta o'yin o'tkazgan "Bavariya" barchasida g'alabaga erishdi.

Avvaliga "Frayburg" yirik hisobda taslim etildi. Keyinchalik mehmonda "Gamburg" ustidan g'alaba qozonildi. O'tgan turda ham markaziy o'yinda "Bavariya" o'z uyida "Leypcig"ni ishonchli tarzda mag'lub etgandi. Bu safar esa Dortmundda chempionlik uchun kurashdagi yana bir asosiy raqib dog'da qoldirildi.

Yupp Xaynkes kelganidan so'ng jamoa ichki chempionatda ajoyib samaradorlikni namoyish etmoqda. To'plar nisbati: 11-1.

"Signal Iduna Park"dagi bahsda Boshsh boshchiligidagi "Borussiya" o'yin bobida yomon ko'rinmadi. Ammo maydon egalari tashkil etgan hujumlarni jarohatlangan Noyerni almashtirib turgan Sven Ulrayx bartaraf etishni uddasidan chiqdi.

Avvaliga Obameyang, keyinchalik Yarmolenko va Kagavada gol urish uchun qulay vaziyatlarga yuzaga kelgandi. Lekin "Borussiya" jamoasi vaziyatlarni golga aylantirishda muammoga duch kelayotganini yana bir bor isbotladi.

"Bavariya" esa Yupp Xaynkes tayyorlagan rejani to'liq bajarishni uddasidan chiqdi.

Avvaliga Tiago Alkantara-Xames-Robben "trio"si tomonidan tashkil etilgan kombinaciyadan keyin gollandiyalik qariya Robben o'z uslubida darvozani ishg'ol qildi.

Tanaffusga chiqish chog'ida Robert Levandovski Kimmixning o'ng qanotdan oshirgan to'piga zargarona zarba berib tablodagi hisobni 0:2ga etkazdi.

Tanaffusdan so'ng har ikkala jamoa yana bir bittadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.

David Alabaning pasidan keyin Levandovski sobiq jamoasiga qarshi o'yinda o'zining dublini nishonlagan bo'lsa, mezbonlar "Bavariya"ning uchta goliga Bartraning yagona va chiroyli goli bilan javob qaytarishdi - 3:1.

SHu tariqa peshqadam "Bavariya" Dortmundda "Borussiya"ni ishonchli tarzda mag'lub etdi va Germaniyada yakka hokimligini mustahkamladi.

"Borussiya" ushbu mag'lubiyatdan keyin 20 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'rinni "SHalke" bilan bo'lishib turibdi. "Gannover"ni mag'lubiyatga uchratgan "Leypcig" esa 22 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.

Bundesliga, 11-tur. Turnir jadvali

Borussiya D – Bavariya 1:3 (0:2, 1:1)

Gollar:0:1 – 16 Robben, 0:2 – 37 Levandovski, 0:3 – 67 Alaba, 1:3 – 88 Bartra.

Borussiya D – Byurki, Papastatopulos (Tolyan, 42), SHmelcer, Bartra, Toprak, Kastro, Vaygl, Pulishich, Kagava (Getce, 68), Yarmolenko (Sancho, 80), Obameyang.

Bavariya –Ulrayx, Xummels, Zyule, Alaba (Rafinya, 74), Martines (Rudi, 81), Robben, Kimmix, Xames (Vidal, 84), Alkantara, Koman, Levandovski.

Ogohlantirish:SHmelcer (9), Toprak (59), Alaba (65), Martines (75).


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика