So’nggi yangiliklar

13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  0 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1

Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya" D 5:0 Yangiliklar

Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya" D 5:0

Germaniya Bundesligasining markaziy o'yini "Bavariya" - "Borussiya" D to'qnashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

"Bavariya" - "Borussiya" D 5:0
Gol: Xummels (10, 1:0), Levandovski (17, 2:0), Martines (41, 3:0), Gnabri (43, 4:0), Levandovski (89, 5:0).
"Bavariya": Noyer, Zyule, Xummels, Tiago, Martines (Gorecka, 77), Levandovski, Gnabri, Myuller (Sanshesh, 80), Alaba, Koman (Riberi, 68), Kimmix.
"Borussiya" D: Byurki, Zagadu, Diallo, Dileyni, Sancho, Roys, Akanji, Daxud (Gyotce, 62), Pishchek (Volf, 69), Vitsel, Bruun Larsen.
Ogohlantirish: Zagadu (40), Dileyni (70), Roys (79).

YANGILASH

Bosh hakam 1 soniya ham qo'shib bermadi va o'yinni yakunladi. Yakuniy hisob 5:0.

89. GOOOOLLLL! Levandovskidan dubl. U qanotdan oshirib berilgan to'pni bo'sh qolgan darvozaga osonlikcha joyladi.

80. O'zgarish. Myuller o'rniga Sanshesh.

79. Levandovskini yiqitgani uchun Roys ogohlantirildi.

78. Qanotdan uzatilgan to'pga Levandovski zarba berdi. Noaniq.

77. O'zgarish. Martines o'rniga Gorecka.

70. Levandovskini ushlab qolgani uchun Dileyni ogohlantirildi.

69. O'zgarish. Pishchek o'rniga Volf.

68. O'zgarish. Koman o'rniga Riberi.

65. ZARBAAA!!! Gyotcening zarbasini himoyachi qaytardi va "Bavariya" tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Biroq uzoqqa uzatilgan to'pni Byurki ushlab oldi.

62. O'zgarish. Daxud o'rniga Gyotce.

60. Ikkinchi bo'lim biroz zerikarliroq o'tmoqda.

56. Xavfli vaziyatttt!!! Gnabrining qanotdan uzatgan pasiga Myuller eta olmay qoldi. Aks holda beshinchisi....

50. "Bavariya"ning hujumi. Myullerdan noaniq harakat.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus. Birinchi bo'lim kutilmagan 4:0 hisobi bilan yakunlandi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. Bu nimasi, nafas olib ham turinglar! Gnabri ajoyib pasdan keyin boshi bilan zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi. O'yin taqdiri hal!

41. GOOOOOOOOOOLLLL!!! Martinessss!!! Uning ajoyib zarbasini bu gal darvozabon ham qaytara olmadi.

40. Levandovskini yiqitgani uchun Zagadu ogohlantirildi.

39. Endi Xummels boshi bilan zarba berdi. Noaniq.

38. Levandovskining boshi bilan bergan zarbasini Byurki qaytardi.

35. "Bavariya" yana bir qulay vaziyatni qo'ldan chiqardi. Jamoa tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Ammo Koman yakuniy pasni berishda biroz noto'g'ri harakat qildi.

32. Xummelsning burchakdan boshi bilan zarbasini darvozabon qaytardi. Juda, juda va juda xavfli vaziyat!

28. "Borussiya" kichik bosim uyushtirmoqda.

19. ZARBAAAAAA!!!! Levandovskining zarbasini darvozabon qaytardi.

17. GOOOOLLLLLLL!!!!! "Borussiya" himoyachisi Zagadudan "perevoz". Uning oddiy pasini Levandovski to'xtatib oldi va darvozabondan o'tgan holda bo'sh darvozani ishg'ol qildi.


16. Xavfli vaziyat! "Bavariya" hujumga o'tdi. Qanotdan uzatilgan xavfli pasni himoyachilar burchakka chiqarib yuborishdi.

13. ZARBAAAAAAAAA!!! Tiagoning jarimadan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

10. GOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!! Xummels burchakdan oshirilgan to'pga boshi bilan zarba berib, darvozani ishg'ol qildi.


1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика