So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  11 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Bundesliga, 29-tur start olmoqda. "Gamburg" - "Bayer" Yangiliklar

Bundesliga, 29-tur start olmoqda. "Gamburg" - "Bayer"

Bugun Germaniya chempionatining 29-turiga start beriladi.


Bundesliga uchrashuvlari ko'pchilik futbol ishqibozlarini o'zining shiddatkor o'yinlari bilan rom etib keladi. Germaniyada chempionati kutilmagan hisoblari va jamoalarining kuchli xarakteri bilan boshqa chempionatlardan ajralib turadi. Bu chempionatda qaysi klub nechinchi pog'onada va kim qanday kuchga ega ekanligi ham unchalik muhim ahamiyat kasb etmaydi. Har qanday uchrashuvlarda muxlislar o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurishadi.


Bundesliganing har qanday o'yinlari muxlislarda katta qiziqish uyg'otishining asosiy sababi mana shular. Bugun chempionatda kutilmaganda o'z o'yinini topa olmayotgan "Gamburg" jamoasi o'z uyida Leverkuzenning "Bayer" klubini mehmon qiladi. Ayni paytda "Gamburg" bundesligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bo'lsa, Sami Xyuyupya boshqaruvidagi "Bayer" ECHL yo'llanmasi uchun bahs olib bormoqda. Uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechishi aniq. Bu o'yin gollarga boy bo'lishini ham taxmin qilish mumkin. Bu ikkala jamoa himoyaviy o'yindan ko'ra, hujumkorroq futbolni yoqtirishadi. Asosan "Gamburg" ishtirokidagi uchrashuvlarda muxlislar ko'proq gollar shousini ko'rishga o'rganib qolishgan.


Bundesliga, 29-tur.

"Gamburg" - "Bayer" (23:30 "NTV-PLYUS Futbol")

"Imtex Arena" stadioni.

Hamkamlar: Bastian Dankert, Markus Xaker, Rene Rode.

Taxminiy tarkiblar:

"Gamburg": Rene Adler, Dennis Dikmayer, Maykl Mansenn, Xayko Vestermann, Joan Juru, Milan Badel, Tolg'ay Arslan, Petr Irachek, Rafael van der Vart, Xakan CHalxanoglu, Jak Zua.

"Bayer": Bernd Leno, Sebastyan Benish, Julio Donati, Filipp Vollshayd, Emir Spaxich, Emre Jan, Andres Guardado, Gonsalo Kastro, Lars Bender, SHtefan Kissling, Son Xin Min. 

Birinchi davradagi o'yin: ("Bayer" - "Gamburg" 5:3)


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика