Bundan roppa-rosa 150 yil muqaddam dastlabki xalqaro rasmiy o'yin o'tkazilgan
30 noy 2022 19:29
Yangiliklar
Bundan roppa-rosa 150 yil muqaddam dastlabki xalqaro rasmiy o'yin o'tkazilgan
Bundan roppa-rosa 150 yil muqaddam, 1872 yilning 30 noyabrda birinchi xalqaro rasmiy futbol o'yini o'tkazilgan.
O'sha kuni Glazgoda SHotlandiya va Angliya terma jamoalari to'qnash kelishdi. Uchrashuv durang bilan yakunlangan - 0:0. O'sha o'yinni 4000 tomoshabin tomosha qilgan.
Ushbu bahsdan oldin SHotlandiya va Angliya terma jamoalari allaqachon o'zaro o'yin o'tkazishga ulgurgandi, biroq shotlandiyalik futbolchilar Londonda istiqomat qilgani uchun FIFA tomonidan tan olinmagandi.
Angliya terma jamoasi ayni damda Qatarda jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Seshanba kuni britaniyaliklar Uelsni 3:0 hisobida mag'lub etishdi va birinchi o'rin bilan jahon chempionati pley-off bosqichiga yo'l olishdi. Angliya terma jamoasi endilikda 2 dekabr kuni 1/8 final doirasida Senegalga qarshi maydonga tushadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar