Bugun “Xillsboro” stadionidagi fojeaga 25 yil bo'ldi (FOTO)
15 apr 2014 10:44
Yangiliklar
Bundan roppa-rosa 25 yil avval, aniqrog'i 1989 yilning 15 aprel kuni futbol tarixidagi eng katta va dahshatli fojea ro'y beradi. SHeffilddagi “Xillsboro” stadionidagi bu fojea 96 kishining hayotiga zomin bo'ladi. Uzoq vaqt mazkur fojeaga nima sabab bo'lgani haqidagi malumotlar sir saqlanib kelindi.
Ayni paytda esa maxsus ishchi guruhining say-harakatlari bilan mashum fojea sabablari o'rganib chiqilgan va uning sabablari keng ommaga oshkor qilingan. Dam olish kunlari Angliya premer-ligasining barcha uchrashuvlari belgilangan vaqtidan 7 daqiqa o'tib boshlandi.
Quyida 25 yil avvalgi fojea aks etgan fotosuratlarni etiboringizga havola qilamiz.
foto: sports.ru

Fikrlar