So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  15 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  25 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  14 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  11 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  249

Bugun siz ko'rishingiz kerak bo'lgan 4 o'yin haqida Yangiliklar

Bugun siz ko'rishingiz kerak bo'lgan 4 o'yin haqida

Bugungi kun muhim futbol uchrashuvlariga juda boy bo'ladi.

Germaniya Bundesligasi, Italiyada principial raqiblar o'zaro to'qnash keladi. APLda esa Rafa Benitesning oldingi va hozirgi jamoalari o'yin o'tkazadi.

"Lacio" - "Yuventus". SHanba, 22:00


O'zaro o'yinlar: 151

"Lacio" g'alabasi: 35

Durang: 36

"Yuventus" g'alabasi: 80

To'plar nisbati: 167-272

Yaqindagina jamoalar Italiya kubogida bahs olib borishdi. To'g'ri, o'zaro o'ynashmadi. "Yuve" yana "Atalanta"ni kichik hisobda mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Lacio"da bunday bo'lmadi, ular Gattuzo jamoasiga penaltilar seriyasiga ko'ra yutqazib qo'yishdi. SHu tufayli turnirning hal qiluvchi bellashuvida o'tgan yilgi holat takrorlanmaydigan bo'ldi.

"Lacio" va "Yuventus" - A Seriya turnir jadvalidagi "yon qo'shnilar". "Keksa sinora"lar "Napoli" bilan skudetto, "burgutlar" esa bronza va tabiiyki ECHL pog'onasi uchun qattiq kurash olib bormoqda.

Demak, Turin jamoasining ochko yo'qotishi mumkin emas, har qanday qoqilish chempionlik poygasi uchun katta halokat bo'lishi mumkin. "Napoli" esa 4 ochkolik farq bilan raqibni ortda qoldirmoqda, to'g'ri "Yuventus"ning bir qoldirilgan o'yini bor ("Atalanta"ga qarshi o'yin noqulay ob-havo sabab boshqa kunga qoldirildi). "Lacio" uchun har bir ochko oltindek qimmatli, agarda "Inter" "Milan"ni yutsa, "Roma" esa sensacion ravishda "Napoli"ni mag'lub etsa, "Lacio" ikki pog'ona quyilashga majbur.

Taxmin: 0:2

"Leypcig" - "Borussiya" Dortmund. SHanba, 22:30


O'zaro o'yinlar: 3

"Leypcig" g'alabasi: 2

Durang: 0

"Borussiya" g'alabasi: 1

To'plar nisbati: 4-3

Bu o'yin ko'plab gollariga bizni "ko'mib" qo'yadigan, aqlli kombinaciya va aqlbovar qilmas scenariy bilan o'tsa ajab emas. Ikki jamoa ham kuchli raqib bilan chiroyli o'yinni yaxshi ko'radi.

Ayni damda "Borussiya" "Leypcig"ni turnir jadvalida 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Germaniya chempionatida hali ham intriga bor, biroq bu "Bavariya"ga tegishli emas. ECHL uchun kurash juda qattiq va dahshatli bo'ladi. Hozircha "Borussiya" ikkinchi o'rinda ketmoqda, biroq vaziyat yaxshi emas. Dortmundliklar ikki turdan keyin 6-o'ringacha tushib ketishlari mumkin.

"Leypcig" va "Borussiya" hozirda evrokuboklardagi ishtirokini davom ettirmoqda. "Buqalar" "Zenit" bilan to'qnash kelishsa, "Borussiya" "Zalcburg"ga qarshi to'p suradi.

Birinchi davrada Xazenxyuttl shogirdlari Peter Boshning "arilari"ni mag'lub etishgandi. Ko'ramiz, Dortmund revansh olishni uddalarmikin?!

Taxmin: 1:1.

"Liverpul" - "Nyukasl". SHanba, 22:30


O'zaro o'yinlar: 172

"Liverpul" g'alabasi: 81

Durang: 42

"Nyukasl" g'alabasi: 49

To'plar nisbati: 298-210

Rafa Benites sobiq jamoasi bilan Evropa chempionlar ligasini yutgan. Bu esa ispaniyalik mutaxassisning uchrashuvga alohida etibor berishini anglatadi, demak, "Liverpul" yoki "Nyukasl"ga baho berishga shoshilmang.

Klopp va Benitesning jamoalarida umuman boshqacha vazifalar bor. Qizillar mavsumni kuchli to'rtlikda yoki undan yuqoriroqda, ECHL pog'onasida yakunlashga intilmoqda. Mersisaydliklar "Manchester Yunayted"dan kichik farq bilan ortda qolmoqda. "Siti"ga esa etib olishning iloji yo'q.

"Nyukasl" esa APLdagi o'rnini saqlab qolishga intilmoqda. "Qarg'alar"ni xavfli hududdan ikki pog'ona ajratib turibdi. Tez orada muxlislar Saloh, Firmino va Manelar ishtirokidagi dahshatli o'yinni tomosha qilishadi.

Taxmin: 4:1.

"Napoli" - "Roma". SHanba, 22:45

O'zaro o'yinlar: 145

"Napoli" g'alabasi: 43

Durang: 51

"Roma" g'alabasi: 51

To'plar nisbati: 159-185

"Napoli" A Seriyaning so'nggi 10 uchrashuvida g'alabaga erishdi va buni davom ettirishni istaydi. Bo'lajak uchrashuvda neapolliklar asosiy futbolchisisiz o'ynashi mumkin. Marek Gamshik shamollagani sabab maydonga tushmasligi mumkin. Favzi G'ulom esa jarohat olgan.

"Roma"da esa yo'qotishlar yo'q, jamoa optimal tarkib bilan o'yinga tayyorlanmoqda. Biroq so'nggi vaqtlarda rimliklar tez-tez mag'lub bo'lmoqda. SHu boisdan "Napoli" bilan bahsda ularning imkoniyati unchalik yuqori emas. Biroq, bahsda yuqori ishtiyoq va shiddat bo'lishi aniq.

Taxmin: 2:0.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика