So’nggi yangiliklar

23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  3 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  96 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  14 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

Bugun SA “motori” - Narzulla Saydullaevning tug'ilgan kuni! Yangiliklar

Bugun SA “motori” - Narzulla Saydullaevning tug'ilgan kuni!

Bugun 10 fevral, championat.asia sayti xodimi, tabir joiz bo'lsa “motori”, Narzulla Saydullaevning tug'ilgan kuni.

Jurnalistik faoliyatini aynan saytimizda boshlagan Narzulla qisqa fursat ichida aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritdi.

Bugungi kunda futbol jurnalistikasi yo'nalishida Narzulla Saydullaevning o'rni bo'lakcha. U nafaqat internet jurnalistikasi, balki davriy nashrlarda ham o'z maqolalari bilan faol ishtirok etib kelyapti.


Fursatdan foydalanib, Narzulla Saydullaevga bundan keyingi faoliyatida ham ijodiy barkamollik tilaymiz. Qalami hamisha o'tkir bo'lsin. SHaxsiy hayotida esa o'z juftini shu oyning o'zidayoq topishini tilab qolamiz.

SA va OS ijodiy xodimlari!


SHu o'rinda Narzullaning saytimizga qanday kelib qolganligini bir eslaymiz. 

“Futbolga 11 yoshimdan buyon qiziqaman. 2001 yil bo'lib o'tgan O'zbekiston - Xitoy Taypeyi (7:0) uchrashuvi tufayli futbolga qiziqib qolganman. O'sha o'yinda boshi bilan 4ta gol urgan Jafar Irismetov hozirga qadar men uchun eng yaxshi futbolchi bo'lib qoladi.

2010 yilning yozgi tatilida bo'sh vaqtim ko'p bo'lgani tufayli sports.ru saytida o'z blogimni ochishga qaror qildim. Asosan O'zbekiston futboli haqidagi xabarlarni joylab bordim.

“Paxtakor” azosi bo'lgan Odil Ahmedov haqida fotomaqola tayyorlash g'oyasi tug'ildi. SHunda Odilning ko'plab rasmlarini qidirib topdim. Ularning ko'pini klub rasmiy saytidan olgandim.


SHu bois sayt adminiga blog ochganimmi o'sha erda "pakhtakor.uz" rasmlaridan foydalansam maylimi mazmunidagi xat yuborganman. Javob ijobiy bo'lgan.

Fotomaqolam chiqqanidan bir kun o'tib pochtamga xat kelgan: “Fotomaqolani ko'rdim, zo'r chiqibdi. Yangi sayt ochilyapti ishlaysanmi? Nodirxo'ja Yuldashev”. Ochig'i tajribam yo'qligini aytdim, lekin futbolga juda qiziqishimni malum qildim. Nodir aka sekin-sekin o'rganasan deb aytdilar.

Hali “championat.uz” sayti ishga tushmasdan turib unga bog'lanib qoldim. Boshida asosan statistika va jadvallar bilan ishladim. Futbol o'yinlariga bordim, faqat TV orqali ko'rgan yoki gazetada maqolalarini o'qigan jurnalistlar bilan tanishdim...

Ustozlar orttirdim, hozirga qadar o'qishda, uqishda, o'rganishda davom etayapman. Buning uchun barchaga rahmat aytaman, birinchi navbatda Nodirxo'ja Yuldashevga”, - deydi N.Saydullaev.  


Osh qachonligini aytarsiz, bexabar qolib ketmaylik...

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика