So’nggi yangiliklar

19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  0 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  3 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  0 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  15 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  2 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  10 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Bugun o'sha eski to'qnashuv Yangiliklar

Bugun o'sha eski to'qnashuv

Ispaniya chempionatining 29-turida "Real" va "Barselona" jamoalari o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. Ushbu bahs bugun tunda bo'lib o'tadi.

Yana eski mavzu. Yana o'sha o'yin. Yana eski bahs va munozaralar davom etadi. "Real" - "Barselona" o'yini oldidan va keyin ham bu tortishuvlar davom etaveradi. "El-klasiko" bugun tunda futbol ishqibozlari diqqat markazida bo'lishi tabiiy. Bu jamoalarning ming-minglab ishqibozlari dunyoning barcha chekkalaridan ko'plab topiladi. Bu o'yinda ko'pchilik aytadigandek, futbol muxlislari ikkiga bo'linishadi. Barcha emas, ko'pchilik. Xullas bugun Ispaniyada katta futbol. 


"Real" mavsumni juda tartibli o'tkazmoqda. Karlo Anchelotti jamoasi chempionatda karvonboshchilik qilmoqda. ECHLdagi yurishi davom etmoqda. Bir so'z bilan aytganda, "Real"ning ishlari joyida va ular bu bahsga ortiqcha kamchiliklarsiz etib kelishdi. "Barselona"da biroz boshqacha. Xerardo Martino shogirdlarining ishlari "5" emas. Mavsumni barqaror o'tkaza olmayotgan "Barsa" chempionatda uchinchi o'rinda bormoqda. Bu holatni ko'pchilik murabbiyning tajribasizligidan deb aytmoqda. Balki. Bu ikkala jamoa ham mavsumni yangi murabbiylar bilan boshlashdi. Ikkala klubda ham bir vaqtda o'zgarishlar amalga oshirildi. Farqi shundaki, Karlo Anchelotti boy tajriba ega mutaxassis. Martino uchun esa evropa begona joy va kerakli tajribani to'plash uchun unga vaqt kerak bo'ladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, birinchi davradagi bahsda Martino jamoasi Karlo Anchelotti jamoasini mag'lub etishni uddasidan chiqqan edi. Lekin keyinchalik jamoa o'z o'yinini yo'qotdi va birin-ketin ochkolarni boy berdi. Hozirda Kataloniya klubi "Real"dan to'rt ochkoga ortda qolmoqda. Ushbu bahs tom manoda "Barselona"ni chempionlik poygasidagi taqdirini hal etib berishi kutilmoqda.

Bu o'yinda favoritni aniqlash qiyin ish. Garchi "Real"da hammasi alo darajada ketayotgan bo'lsada, bu bahs favoriti sifatida aynan qaysidir jamoani ko'rsatish noo'rin bo'lsa kerak.  "El-klasiko"da barcha narsa bo'lishi mumkin. Bu o'yinda har doim imkoniyatlar teng taqsimlanib keladi.

Bu bahs personal futbolchilar uchun ham o'zgacha ahamiyatga ega. Ronaldo - Messi. Beyl - Neymar. Ramos - Pike.


Bu posbonlarga qiyin bo'lishi tabiiy. Messi - Neymar va Ronaldo - Beyl kabi futbolchilarning zarbalarini bartaraf etish har qanday darvozabonlar uchun haqiqiy bosh og'riq


Bu ikkala futbolchini ushbu muhim o'yinda xato qilishga haqqi yo'q


Ko'p narsa aynan shu futbolchilarga bog'liq


So'nggi yillardagi Ronaldo - Messi qarama-qarshiligining endi ikkinchi qismi Beyl - Neymar to'qnashuvi davom ettiradi. Bu ikkala charm to'p ustalari ushbu mavsumdan boshlab bu jamoalar libosini kiyishdi. Juda katta pul miqdoriga o'tgan ikki futbol yulduzlarini solishtirishlar davom etmoqda. Bu o'yinda aynan Ronaldo - Messi va Beyl - Neymar qarama-qarshiligi ham muxlislar etiborida bo'ladi. 

Ushbu "to'rtlik" kechaning asosiy yulduzlari

Beyl chempionatda - 10 gol va 12 golli pasni amalga oshirdi.
Neymar esa - 7 gol va 8 marta gollarga hammualliflik qilgan.
Bu borada Garet Beyl Neymarni ortda qoldirmoqda.
Ronaldo ham Messini bu borada engib turibdi. Hozirda portugaliyalik futbolchi chempionatda 25 gol kiritgan va 8 bor gollarga hammualliflik qilgan. Messi esa 18 marta raqib darvozasiga yo'l topgan va 10 bora jamoadoshlari gollariga assistentlik qilgan.

Bu to'qnashuv haqida ko'p yozish, gapirish va bahslashish mumkin. Bu juda uzun mavzu. Tarixiy bellashuv. Bugun futbol durdonalaridan biri deya etirof etilayotgan ushbu o'yinning yana bittasiga guvoh bo'lamiz. 

"El-klasiko" chaqaloqlari tarkibi



Uchrashuvni  Alberto Undiano Malenko boshqarib boradi. Ushbu referi shu paytgacha olti bor "el-klasiko" bahslarini boshqarib borgan. Undiano Malenko boshqargan o'yinlarning faqatgina bittasida "Real" g'alaba qozongan. "Barselona" esa to'rt bor "Real"ni mag'lub etgan va bir marta g'oliblar nomi aniqlanmay qolgan. Demak statistika shunday deydiki, Malenko "Barselona" uchun "yaxshi", "Real" uchun "yomon" tanlov.


Ispaniya chempionati, 29-tur o'yini.

"Real" - "Barselona" (01:00 "NTV-PLYUS Futbol2" LIVE)

"Santyago Bernabeu".

Taxminiy tarkiblar:

"Real": Lopez, Ramos,Pepe, Marselo, Karvaxal, Alonso, Di Mariya, Modrich, Ronaldo, Beyl, Benzema.

"Barselona": Valdes, Pike, Maskerano, Alba, Alvesh, Xavi, Inesta, Buskets, Sanches, Messi, Neymar.


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика