So’nggi yangiliklar

08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  0 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  0 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  5 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  39 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15

Bugun "Orzular teatri" o'z afsonasini olqishlaydi. Prevyu Yangiliklar

Bugun "Orzular teatri" o'z afsonasini olqishlaydi. Prevyu

Angliya Premer-ligasida 5-tur bellashuvlari davom etmoqda.


Bugun turni yakunlab beruvchi o'yinda "Manchester Yunayted" jamoasi "Everton"ni qabul qiladi.

APL, 5-tur
"Manchester Yunayted" – "Everton"

17.09.2017, 20:00
"Old Trafford"
Bosh hakam:
Andre Marriner (Birmingem).

Kecha Manchester shahrining boshqa bir jamoasi "Siti" 6:0 hisobida g'alaba qozondi va turnir jadvalida MYUni quvib o'tdi. Endi Mourino shogirdlari peshqadamlikni qaytarib olishlari uchun "Everton"ni kamida 5 to'p farqi bilan mag'lub etishlari kerak. Lekin, Joze uchun bu eng asosiy mezon bo'lmasligi aniq. Bunaqangi o'yinlarda uni har qanday hisobdagi g'alaba qanoatlantiradi.

MYU uchun juda katta yo'qotish bu jamoa etakchilaridan biri Pol Pogbaning jarohat olishi bo'ldi. ECHL 1-turi doirasida "Bazel"ga qarshi o'yinning 19 daqiqasida tizzasi osti mushaklarini shikastlab olgan Pogba o'z o'rnini Fellayniga bo'shatib bergan edi. Pogba kamida bir, bir yarim oy o'ynamasligi malum qilindi. Klub shifokorlarining so'zlariga ko'ra, Pol hatto bu yil umuman maydonga tusha olmasligi ham mumkin ekan. Nima bo'lganda ham Pogbaga sog'liq tilab tezroq safga qaytishini kutib qolamiz.

"Everton" esa payshanba kuni Evropa ligasida "Atalanta"dan yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi (0:3). CHempionatda ham jamoa ishlari orqaga keta boshlagan. Bu holatdan chiqib ketish uchun Kuman nimanidir o'zgartirishi kerak. "Atalanta" bilan o'ynamagan Pikford, Guye, Eshli Uilyams va Sandro Ramireslar kuchga to'lgan holda MYUga qarshi saf tortishadi.

"Old Trafford"da o'tadigan bugungi uchrashuvda ko'pchilik kutayotgan jihat esa umuman boshqa. Ishoning, bugungi bellashuvning kulminaciyasi gollar yoki hisob bo'lmaydi. Eng asosiy etibor Ueyn Runiga qaratiladi. Bugun "Orzular teatri" o'z afsonasini olqishlaydi. "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to'purarni butun stadion birdek olqishlar bilan qarshi oladi. Hattoki, MYU yirik hisobda oldinda borayotgan bo'lsa va Runi hisobni qisqartirsa, "qizil iblislar" muxlislari unga qarsak chalishsa ham hayron qolmayman. Bu shunday o'zgacha stadion, u hech qachon sobiq o'yinchilarga xushtak chalmagan. Bu stadionda o'ynab ketganlar yana shu erga qaytishganda albatta olqishlar bilan qarshi olinishgan. Demak, barcha futbol ishqmbozlarini bu o'yinni o'tkazib yubormaslikka chaqiraman. "Old Trafford" o'zining tom manodagi afsonasini qanday qarshi olishini jonli efirda ko'rish boshqacha bo'ladi.



Qiziq:

- "Manchester Yunayted" APLda "Everton"ni 33 bor mag'lub etgan. Bundan ko'p faqat "Aston Villa" taslim etilgan (34 marotaba);
- Ronald Kuman APLda Joze Mourinoga qarshi 5 marotaba o'ynagan va umuman yutqazmagan. Bu chempionat rekordi;
- Ueyn Runi va Morgan SHnayderlin MYUga klubdan ketganidan so'ng gol urgan sakkizinchi va to'qqizinchi futbolchi bo'lishlari mumkin. Oldinroq bu ishni Xyuz, Dablin, Ins, Gillespi, Berg, Kempbell va Uelbek uddalagan.


Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Yunayted":
De Xea – Valensiya, Bayi, Jons, Blind –Matich, Errera – Mata, Mxitaryan, Reshford – Lukaku.

"Everton": Pikford – Kin, Uilyams, Jagielka – Martina, Guye, Devis, Beyns – Runi, Sigurdsson – Sandro.

O'ynamaydi: Ibragimovich, Pogba, Roxo – Funes Mori, Barkli, Koulman, Bolasi.
So'roq ostida: SHou – Makkarti.




Murabbiylar fikrlari:

Joze Mourino ("Manchester Yunayted"): "Everton"da ko'plab ajoyib futbolchilar va zo'r jamoa bor. O'yin biz uchun juda qiyin bo'ladi. Runi? O'ylashimcha, uni munosib qarshi olish kutmoqda. Men bu mamlakatda "afsona" degan so'zni ko'p ishlatishadi deb hisoblayman. Lekin, bu boshqacha holat. Ueyn klubning haqiqiy afsonasi - o'yinlar soni, gollar soni va sovrinlar soni".

Ronald Kuman ("Everton"): "Tajribali o'yinchilar o'zlarini ko'rsatadigan vaqt keldi. Biz ushbu bahsda munosib ishtirok etishimizga aminman. Mavsum boshi qiyin o'tishini bilardik, lekin tez orada "Everton" to'g'ri yo'lga qayta oladi".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL

Bugun London ko'k rangga burkanadimi yoki qizil? Prevyu

Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика