So’nggi yangiliklar

07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  0 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  5 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  39 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5

Bugun London ko'k rangga burkanadimi yoki qizil? Prevyu Yangiliklar

Bugun London ko'k rangga burkanadimi yoki qizil? Prevyu

Bugun Angliya Premer-ligasida 5-turga yakun yasaladi.

Turning markaziy o'yini Toshkent vaqti bilan 17:30da start oladi. Unda Londonning ikki jamoasi "CHelsi" va "Arsenal" o'zaro bellashadi. SHuningdek, bugun turni yakunlab beruvchi bahsda "Manchester Yunayted" "Everton" bilan bellashadi. Quyida 110 yillik tarixga ega London derbisiga bag'ishlangan prevyuni etiboringizga havola etamiz.

APL, 5-tur
"CHelsi" – "Arsenal"

17.09.2017, 17:30
"Stemford Brij"
Bosh hakam:
Maykl Oliver (Nortumberlend).

"CHelsi" dastlabki turda kutilmaganda "Bernli"ga mag'lub bo'lgach, darhol o'ziga kelib oldi. Ketma-ket g'alabalar va jamoa etakchilar orasida bormoqda. Hafta o'rtasida ECHL doirasida "Qorabog'" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (6:0) o'yinchilarga qo'shimcha ishonch bag'ishlagan.

"Arsenal" esa chempionatni yaxshi boshlay olmadi. Evropa ligasi doirasida "Kyoln"ni mag'lub etishi ham muxlislarni tinchlantirmagan bo'lsa ajab emas. Sababi, o'yin jihatidan jamoada muammolar bor. "Kanonirlar" "ko'klar"ga qarshi oxirgi ikkita o'yinda g'alaba qozonishgan, lekin tomonlarning hozirgi holatidan kelib chiqadigan bo'lsak mezbonlarning ustunligini taxmin qilish mumkin.



Qiziq:

- "CHelsi" Premer-liga doirasida "Arsenal"ga qarshi oxirgi 5ta uy o'yinida faqat g'alaba qozongan;
- Eden Azar "Arsenal"ga qarshi o'zining so'nggi 4 o'yinidan uchtasida gol urgan;
- Arsen Venger "CHelsi"ga qarshi 59chi o'yinini o'tkazadi. Bunday holatda, "aristokratlar" francuz mutaxassisi eng ko'p to'qnashgan raqibga aylanishadi.


Taxminiy tarkiblar:

"CHelsi": Kurtua – Aspilikueta, Luis, Kexill – Cappakosta, Bakayoko, Kante, Alonso – Pedro, Azar – Morata.

"Arsenal": CHex – Mustafi, Koselni, Monreal – Belerin, Jaka, Remsi, Kolashinac – Sanches, Ozil – Lakazett.



Murabbiylar fikrlari:

Antonio Konte ("CHelsi"):
"Qachonki sen "Arsenal"ga qarshi o'ynasang bu og'ir o'yin bo'ladi. Hamma narsa bo'lishi mumkin. Biz principial raqibga qarshi munosib o'ynash uchun kurashishimiz kerak".

Arsen Venger ("Arsenal"): "Safarda kerakli ochkolarni olishimizga aminman. Lekin, bizning jamoa uchun ruhiy tomondan yaxshi o'ynash va qoniqarli natijaga erishish juda muhim".


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика