So’nggi yangiliklar

18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  0 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  1 18:02Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 0:0 (Матнли трансляция)  3 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  10 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  7 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0

Bugun “Lokomotiv” maydon bilan ham kurashishiga to'g'ri keladi FOTO Yangiliklar

Bugun “Lokomotiv” maydon bilan ham kurashishiga to'g'ri keladi FOTO

Teglar :  LokomotivQizilqum
Bugun oliy liganing 27-turidan o'rin olgan bahslar davom ettiriladi. CHempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” safarda “Qizilqum” mehmoni bo'ladi.

Asosiy tarkib azolari kecha Navoiy shahriga etib kelishdi va kechki payt o'yin bo'ladigan stadionda mashg'ulot o'tkazishdi. Futbolchilarni Mirko Yelichich va Andrey Miklyaev shug'ullantirgan bo'lsa, darvozabonlar bilan Pyotr Gizimchuk ishladi. SHuni aytish lozim, “Qizilqum” stadionining maydon holati ideal darajada emas. Bunday maydonda qanday qilib chiroyli o'yin ko'rsatish mumkin, hayronmiz. Buning ustiga PFLning bunday maydonda oliy liga uchrashuvlarini o'tkazishga ruxsat berganini ham tushunish mushkul.

Bizga maylum bo'lishicha, Navoiydagi yangi stadion foydalanishga topshirilgan, biroq uning ham maydoni yaxshi emas, shu bois tamirlash ishlari olib borilmoqda. “Qizilqum” bilan o'yinda asosiy himoyachilarimizdan biri Islom To'xtaxo'jaev engil jarohati bois ishtirok eta olmaydi. Murabbiylar uni Toshkentda qoldirishdi. Qolgan barcha o'yinchilar esa sog'-salomat va ular bugungi o'yinga tayyor.

Maydon holati yaxshi bo'lmagani sabab bugun “Lokomotiv”ning nafaqat raqib, balki maydon bilan ham kurashishiga to'g'ri keladi. SHunday ekan, futbolchilarimizga qiyin bo'lishi aniq, ammo har qanday holatda ham g'alaba qozonmasak bo'lmaydi. CHunki “temiryo'lchilar”ni hozirda peshqadam “Paxtakor” bilan atigi bir ochko ajratib turibdi va mabodo “Paxtakor” ochko yo'qotadigan bo'lsa, bizda birinchi o'ringa ko'tarilib olish imkoniyati paydo bo'ladi. SHunday ekan, jamoamizdan bugungi bahsda ham navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritishini kutib qolamiz.

Quyidagi fotosuratlar orqali “Qizilqum” stadionining bugungi holatini ko'rishingiz mumkin.


IMG_1524

 IMG_1527

 IMG_1532

 IMG_1533

 IMG_1535

 IMG_1541

 IMG_1574

 IMG_1593

 IMG_1596

 IMG_1597

 IMG_1598

 IMG_1607

 IMG_1677

 IMG_1680

 IMG_1683

 IMG_1685


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика