Bugun futbolchilarimiz Osiyo o'yinlaridagi yurishni boshlaydilar
22 sen 2023 08:18
Yangiliklar
Bugun futbolchilarimiz Osiyo o'yinlaridagi yurishni boshlaydilar
Hozircha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazilmagan bo'lsada, bir necha sport turlarida musobaqalar boshlanib ketgan.
Jumladan, bugun futbol bo'yicha O'zbekiston U-23 terma jamoasi azolari musobaqadagi ishtirokni boshlaydilar.
Avvalroq futbolchilarimiz guruhda Afg'oniston, Gonkong va Suriya vakillari bilan o'ynashlari haqida xabar qilingandi. Biroq Afg'oniston va Suriya terma jamoasi musobaqada ishtirok etmaslikka qaror qildi. Yakunda O'zbekiston va Gonkong terma jamoalari ikkita o'yin orqali guruhdagi g'olibni aniqlab olishlari malum qilindi. Ushbu o'yinlarning dastlabkisi bugun o'tkaziladi.
Osiyo o'yinlari
Xitoy, Xanchjou
"SC Sports Centre Stadium"
"S" guruhi
O'zbekiston U-23 - Gonkong U-23
Boshlanish vaqti: 16:30
Ushbu terma jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin 25 sentyabr kuni o'tkaziladi.
Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik boshqa sportchilarining ishtirokiga oid malumotlarni Olamsport.com saytida kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar