So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  2 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  1 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

Bugun futbol, uyquga o'rin yo'q! Final oldidan final... Yangiliklar

Bugun futbol, uyquga o'rin yo'q! Final oldidan final...

Germaniya kubogi doirasida bugun to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Germaniya kubogi nimchorak final bosqichida muxlislar final oldidan final uchrashuvi deya etirof etilayotgan "Bavariya" - "Borussiya" Dortmund qarama-qarshiligiga guvoh bo'lishadi.

Joriy mavsumda Germaniya kubogida kutilgan to'qnashuvlar ancha erta sodir bo'lmoqda.

O'tgan bosqichda o'zaro to'qnash kelgan "Leypcig" - "Bavariya" juftligida Sven Ulrayxning qahramonligi myunxenliklarga nimchorak final chiptasini taqdim etgandi.

Bu bosqichda ham qura "Bavariya"ga o'ta jiddiy raqibni duchyor qildi.

"Borussiya" esa o'tgan raundda nisbatan ancha osonroq raqib - "Magdeburg" jamoasi to'sig'idan ortiqcha qiyinchiliksiz o'tgandi.

Bugun "Der Klassiker"dan keyin "Bavariya" yoki "Borussiya" Germaniya kubogidagi o'z yurishini ancha erta to'xtatishga majbur bo'ladi.

Ketma-ket 4 yildan buyon Germaniya kubogi finaliga qadar borayotgan "Borussiya" Dortmundni bugun "Alyanc Arena"da juda "qaynoq" qabul kutmoqda.


Yupp Xaynkes kelganidan so'ng o'yin va natija borasida yuksalishga erishgan "Bavariya" ayni damda tarkibda bir qator yo'qotishlarga ega. Ammo shunga qaramay jamoa bir qator g'alabali seriyalarni qayd etdi. Qishki tanaffus oldidan ham jamoa yaxshi kayfiyatda yangi yil tatiliga yo'l olishni maqsad qilgani aniq.

"Borussiya" Dortmund esa aksincha. Qizig'i, "Bavariya" Yupp Xaynkes qaytganidan so'ng dortmundliklarning natijalari keskin pasayib ketdi. Natijada Peter Boshsh istefoga chiqarildi. Jamoaga "Kyoln"dan istefoga chiqarilgan Peter SHtoger taklif etildi. SHtoger qo'l ostida jamoa ikkita uchrashuv o'tkazdi va har ikkisida ham g'alaba nashidasini surdi.

Bu g'alabalar esa "Bavariya"ga qarshi muhim bahs oldidan jamoa kayfiyatiga yaxshi tasir ko'rsatgani aniq.

Bu esa Myunxenda jiddiy va keskin kurash bo'lishini taminlash uchun etarli.

Dortmund jamoasi uchun Germaniya kubogi juda muhim ahamiyatga ega. CHunki jamoa ECHLda guruhdan chiqa olmadi, Bundesligada esa chempionlik poygasidan deyarli chiqib ketdi. Endilikda bor etibor Germaniya kubogiga qaratiladi.

Bu esa shundoq ham afisha va to'qnashuv qiymati jihatidan yuqori ahamiyat kasb etuvchi qarama-qarshilikni yanada keskinlashtiradi.

Qisqa qilib aytganda, Germaniya finali oldidan final bellashuviga mos to'qnashuv muxlislarga ajoyib futbol spektaklini taqdim etadi.

Bugun ushbu uchrashuvdan tashqari yana uchta bellashuv o'tkaziladi.
Myonxengladbaxda ham etiborga molik o'yin bo'lib o'tadi. Unda Diter Xekking boshqaruvidagi "Borussiya" jamoasi o'z uyida chorak final chiptasi uchun "Bayer" bilan kurashadi.

Bremenda esa "Verder" "Frayburg"ni mehmon qiladi.

Yana bir to'qnashuvda esa "Xaydenxeym" "Ayntraxt" bilan kuch sinashadi.

Kecha esa chorak final masalasini hal etgan to'rtta jamoa nomi malum bo'ldi.

Bugun qolgan to'rtta jamoa aniqlanadi.


Germaniya kubogi, 1/16 final.

"Bavariya" - "Borussiya" Dortmund (00:45)

"Verder" - "Frayburg" (22:30)

"Borussiya" Myonxengladbax - "Bayer" (22:30)

"Xaydenxeym" - "Ayntraxt" (00:45)

Reglamentga ko'ra, Germaniya kubogi uchrashuvlari bir o'yindan iborat bo'ladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика