So’nggi yangiliklar

14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  0 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  5 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  5

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Mashal" Yangiliklar

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Mashal"

Teglar :  So'g'diyonaMashal
Bugun Jizzaxda Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Mashal" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:00da start oladi.



So'g'diyona (Jizzax) – Mashal (Muborak)
6 may 2017. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 18:00
Hakamlar
: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), SH. Nasibullaev (Namangan)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

O'yin oldidan: Avvalgi turda "Bunyodkor"ni mag'lub etgan "Mashal" bugun safarda "So'g'diyona"ga qashi bahs olib boradi. Jizzaxliklar o'tgan tur "Dinamo" bilan 2:2 o'ynashdi. Bugungi o'yin haqida nima deyish mumkin? Albatta, "So'g'diyonga" o'z maydonida faqat g'alabani ko'zlab maydonga chiqadi, o'z navbatida "Mashal" ham safarda ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritishga urinib ko'radi.

Turnir jadvalidagi o'rni: "So'g'diyona" hozirda 8 o'yindan so'ng 8 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. "Mashal" hisobidagi ochkolar soni 14tani tashkil qilmoqda va ular 5-o'rinda borishmoqda.

Fakt: "So'g'diyona" o'z maydonidagi uchta o'yindan ikkitasini g'alaba bilan yakunlagan. Jamoa Jizzaxda "Olmaliq" bilan "Obod"ni mag'lub etib, "Neftchi"ga imkoniyatni boy bergan. Uy uchrashuvlarida to'plar nisbati 4-3.

Fakt: Hozircha safarda uchta o'yinda maydonga tushgan "Mashal" uch xil natija qady etgan. Muborakliklar avvaliga G'uzorda "SHo'rtan"ni mag'lub etgan bo'lishsa, keyinchalik "Navbahor"ga imkoniyat boy berib, "Buxoro" bilan durang o'ynashgan. Natijada "Mashal" safarda 4 ochkoni qo'lga kiritgan, to'plar nisbati 4-3.

Bilasizmi? "So'g'diyona" qatorasiga uchta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Davron Fayziev shogirdlarida ikkita durang va bir mag'lubiyat bor. "Mashal" esa ketma-ket uch o'yindan beri mag'lubiyatga uchragani yo'q.

Esingizdami? O'tgan yil Jizzaxda bo'lib o'tgan bellashuvda 1:0 hisobida "So'g'diyona"ning qo'li baland kelgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика