So’nggi yangiliklar

19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  1 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  9 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 18:00Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз уйида Словенияни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Аргентинага қарши иккинчи ўйинни ўтказмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  4 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  1 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  0 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  2 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  3

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Lokomotiv"

Bugun Superliganing 20-tur bahslariga start beriladi. "Paxtakor" o'z maydonida amaldagi chempion "Lokomotiv"ni qabul qiladi.

Bir so'z bilan aytganda, bugun Toshkent derbisiga guvoh bo'lamiz. Superliga turnir jadvali peshqadami "Paxtakor" o'z maydonida "Lokomotiv" bilan kuch sinashadi. "Paxtakor" 42 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinni egallab turibdi. "Lokomotiv" esa 35 ochko bilan 3-pog'onaga ko'tarilib olgan. Ochkolar orasidagi farq nisbatan kamligini hisobga olsak, bugun qiziq qarama-qarshilik bo'lishi kutilmoqda.

Avvalgi turni ikkala jamoa ikki xil kayfiyatda o'tkazdi. "Paxtakor" safarda "Navbahor"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, "Lokomotiv" o'z maydonida "Bunyodkor"dan ustun keldi. Bugungi o'yinda imkoniyatlar ikkala jamoada ham teng desa bo'ladi. To'g'ri, "Lokomotiv"da omadsiz kunlar ko'p bo'ldi, biroq jamoa oxirgi paytlarda ancha o'ziga kelib oldi.

Xususan "temiryo'lchilar" oxirgi oltita o'yindan beri yutqazmay kelishmoqda: 5 g'alaba va bir durang. "Loko" oxirgi marta 13-tur safar o'yinida "Metallurg"ga imkoniyatni boy bergan. Jamoa shundan so'ng "Navbahor", AGMK, "Qo'qon-1912", "Nasaf" va "Bunyodkor"ni mag'lub etgan bo'lsa, Jizzaxda "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi.

"Lokomotiv" shu paytgacha safarda 9ta o'yinda maydonga tushgan bo'lib, shundan 4tasida g'alaba qozongan. Bir bor durang o'ynab, yana to'rt marta mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati 12-10.

"Paxtakor" haqida gapiradigan bo'lsak, Toshkent "sherlari" bu yil chempionlik uchun kurash olib borishyapti. Malumki, bu jamoa o'z maydonidagi bellashuvlarni ancha ko'tarinki ruhda o'tkazadi. "Paxtakor" ushbu mavsum hisobidan uyda 9ta o'yinda maydonga tushib, shundan 8tasini g'alaba bilan yakunlagan va bir bor durang o'ynagan. Durang 10-turda "Qo'qon-1912" bilan sodir bo'lgandi. "Paxtakor"ning uydagi bahslarda to'plar nisbati 17-3.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика