So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  12 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Bugun futbol. "Neftchi" to'rtta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham bera oladimi? Yangiliklar

Bugun futbol. "Neftchi" to'rtta o'yinlik g'alabasiz seriyaga barham bera oladimi?

Bugun oliy liganing 15-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. "Neftchi" Farg'onada Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi.

Farg'onaliklar yangi bosh murabbiy Vadim Abramov boshchiligida bugun uchinchi o'yinni o'tkazishadi. Avvalgi ikki o'yinda "Neftchi" "Dinamo"ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, "Mashal" bilan durang qayd etdi. 

Umuman olganda, "Neftchi" oxirgi to'rt uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti: ikki durang, ikki mag'lubiyat. Jamoa bugun "Metallurg"ni qabul qiladi. Bekobodliklar oxirgi paytlarda chakki emas. Xususan jamoa ketma-ket uch uchrashuvda g'alaba qozondi. "Metallurg" "Nasaf", "Obod" va "Qizilqum" klublarini mag'lub etdi. 

Oliy liga turnir jadvalida 15-o'rinda borayotgan "Neftchi" hozircha o'z maydonida faqat bir marta g'alabaga erishgan. Farg'onaliklar "Obod"ni 1:0 hisobida mag'lub etishgan. Jamoa shuningdek, ikki bor durang o'ynab uchta o'yinda yutqazib qo'ygan. 

Bugun "Metallurg" safarda ettinchi bahsini o'tkazadi. Avvalgi o'yinlarda bu jamoa faqat bir marta g'alaba qozongan. "Metallurg" Toshkentda "Obod"ni mag'lub etgan. "Metallurg"ning oxirgi besh uchrashuvdan faqat bittasida yutqazib qo'yganini inobatga olsak, jamoa hozir ancha o'ziga kelib olgan va bugun Farg'onada mezbonlarga oson bo'lmasligi kutilyapti.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика