So’nggi yangiliklar

21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  0 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  12 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0

Bugun futbol. "Nasaf" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Navbahor"

Teglar :  NasafNavbahor
Bugun "Nasaf" ishqibozlarini G'uzorda qiziqarli uchrashuv kutib turibdi.

“Nasaf” birinchi davraning so'nggi 15-tur uchrashuvini Namanganning “Navbahor” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi.

O'zPFL 15-tur
“Nasaf” (Qarshi) - “Navbahor” (Namangan)
25.06.2017. “G'uzor” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam:
Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Timur Galeev, Akbar Po'latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: Marat Ismoilov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Nail Lutfulin.
 
Bu uchrashuv jamoalarning chempionatdagi 41-o'zaro uchrashuvi bo'ladi. Bungacha jamoalar 40 bor o'zaro kuch sinashishgan. 21 uchrashuvda “ajdarlar” g'alabaga erishishgan. 10ta o'yinda “lochinlar”ning qo'li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. To'plar nisbati 70-59 “Nasaf” foydasiga.

Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak. Yaqqol ustunlik “Nasaf” tomonida ekanligiga guvoh bo'lamiz. Jamoalar Qarshida 20 marta kuch sinashishgan. Ularning 17tasida “ajdarlar” g'alabaga erishgan. Faqat 1 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Bu durang 2012 yili qayd etilgan. Namanganliklarning 2 uchrashuvda qo'llari baland kelgan. Bu uchrashuvlar 1998 va 1999 yilgi mavsumlarda bo'lib o'tgan. To'plar nisbatini 47-18 ko'rinishda. “Nasaf” foydasiga.

Qarshidagi o'zaro uchrashuvlarda “Navbahor” jamoasi “Nasaf”ni so'nggi bor 1999 yili mag'lubiyatga uchratgan va 2012 yili oxirgi durang natijaga erishgan.

“Navbahor” jamoasida bitta yo'qotish bor, bugungi uchrashuvda diskvalifikaciya tufayli Dilshod Jabborov “Navbahor”ga yordam bera olmaydi.

Bugun jamoamiz muxlislari “ajdarlar”dan g'alaba kutishmoqda. Zero, jamoamizning oxirgi mag'lubiyati ularni ancha ranjitib qo'ygan. Umid qilamizki, futbolchilarimiz bugun bor mahorati va kuchini namoyish qilishib, o'z muxlislariga  ajoyib bayram sovg'asini taqdim etishadi.

Olg'a “Nasaf”!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика