So’nggi yangiliklar

00:14Отабек Нарзуллаев: "Мақсадимиз кубок финали эди. Энди бор эътиборимиз Суперлигага қаратилади"  0 23:55"Ювентус" Влаховични Салемакерсга алмаштирмоқчи. "Милан" ушбу келишувга рози бўлиши мумкин  0 23:35МЮ Майнунинг келажаги бўйича қарорни яқин икки кун ичида қабул қилади  1 22:35Ўзбекистон Кубоги. 100 дақиқа давом этган учрашувда "Пахтакор" "Машъал"ни енгиб, ярим финалга йўл олди  45 22:07Лондон клуби Испания терма жамоаси ўйинчисини 50 млн евро эвазига харид қилишга яқин  1 21:23"Реал"нинг собиқ ҳимоячиси Лукас Васкес янги клуби билан шартнома имзолади  0 20:30Хаби Алонсо: "Карвахаль Испания терма жамоасига қайтишни хоҳлайди"  1 20:10Футзал. БМБ – "Оил Стар" 5:1   0 19:55Футзал. БМБ "Оил Стар"ни 4 та тўп фарқи билан мағлуб этиб, Ўзбекистон Суперкубогига эга чиқди!  9 19:49Суперлиганинг 20-турида ҳакамлар жуда кўп хатога йўл қўйди  4 19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   7 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  15 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  4 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2

Bugun futbol. AGMK - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. AGMK - "Nasaf"

Teglar :  Nasaf PrevyuAGMK
Bugun Coca Cola Superligasining 21-turiga start beriladi.

Turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turgan AGMK o'z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. "Nasaf" hozirda 28 ochko bilan 6-o'rinda boryapti. AGMK hisobida esa 19 ochko mavjud. 

Bugun Olmaliqda o'ziga yarasha qiziq bellashuv kechishi kutilyapti. Negaki o'tgan turda ikkala jamoa ham mag'lubiyatga uchradi. SHu bois bugun tomonlar uch ochko uchun harakat qilishadi. AGMK avvalgi tur "Surxon" mehmoni bo'lib 0:1 hisobida yutqazib qaytgan bo'lsa, "Nasaf" o'z maydonida "Buxoro"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

Tabiiyki "Nasaf"ning mag'lubiyati kutilmagan bo'ldi, ammo buxoroliklar ikkita chiroyli gol urganini ham unutmaslik kerak. Umuman olganda hozirgi AGMK bilan "Nasaf"ga tushunib bo'lmayapti. CHunki ikkala jamoa ham barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. Masalan, AGMK ikkinchi davra boshlanganidan beri faqat ikkita bellashuvda g'alaba qozondi. 

Olmaliqliklar safarda "Navbahor"ni mag'lub etib qaytgach, ketma-ket ikkita mag'lubiyatni qabul qilib olishdi. SHundan keyin jamoa o'z maydonida "Dinamo" ustidan zafar quchib o'tgan tur Termizda imkoniyatni boy berdi. 

"Nasaf" ham ikkinchi davrada faqat ikki bor yutuqqa erishdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari safarda "Surxon"ni va uyda "Bunyodkor"ni mag'lub etishgan. SHundan beri jamoa to'rtta o'yin o'tkazib, birortasini yuta olmadi. "Nasaf" oxirgi 4 uchrashuvning uchtasida mag'lub bo'lib, bir bor durang o'ynadi. 

Olmaliqda kechgan oxirgi 5 uchrashuv:

2018. Ikkinchi bosqich. AGMK - "Nasaf" 0:2

2018. Birinchi bosqich. AGMK - "Nasaf" 0:0

2017. AGMK - "Nasaf" 1:0 

2016. AGMK - "Nasaf" 1:3 

2015. AGMK - "Nasaf" 2:0 

Olmaliqda bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuvning ikkitasida maydon egalari zafar quchgan. Yana ikkita bahsda "Nasaf"ning qo'li baland kelgan va bir uchrashuv durang natija bilan yakun topgan. Bugungi bellashuvda esa imkoniyatlar teng baholanmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика