So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  21 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Bugun birinchi liga o'yinlari yakuniga etadi Yangiliklar

Bugun birinchi liga o'yinlari yakuniga etadi

Teglar :  Birinchi liga16-tur
Yana bir necha soatlardan so'ng, aniqrog'i 14:00da birinchi liganing 16-turidan o'rin olgan uchrashuvlar boshlanadi.

Aytish kerakki, bugun ayrim jamoalar uchun o'yinlar xuddi final kabi o'tadi. Ayniqsa 1-o'rinni egallab oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan Toshkent ikki klubi uchun bugungi o'yinlar katta ahmiyatga egadir.

Bu borada ko'pchilik “Obod”ning imkoniyatini yuqori baholamoqda. Negaki bu jamoa o'z uyida “Kosonsoy”ni qabul qiladi. Liganing o'rtamiyona klubiga qarshi bahsda yaqqol favorit shubhasiz mezbonlar ekanligini aytish joizdir. Lekin futbolda bazan kutilmagan natijalar uchrab turishini ham unutmaylik.

“Obod”ning ochko yo'qotishini kutayotgan “Oq-tepa”ni esa biroz jiddiyroq raqib kutib turibdi. Urganchda “Xorazm” jiddiy kurashsa Ildar Sakaev boshqaruvidagi “Oq-tepa” so'nggi turda ham ochko yo'qotishi mumkin. Nima bo'lganda ham “Oq-tepa”ning taqdiri o'z qo'lida emas. Katta extimol bilan bu jamoa oliy ligada 15-o'rinni egallagan klub bilan pley-off bahsida ishtirok etadi.  

16-tur. 7 noyabr (shanba)
G'ijduvon (G'ijduvon) – Paxtakor-2 (Toshkent)
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi), F. Usmonov (Qarshi), Z. Eliboev (Qarshi)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
 
Orol (Nukus) –UzDongJu (Andijon)
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent), X. Otamurotov (Urganch), D. Jumaniyozov (Urganch)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
 
Nasaf-2 (Qarshi) – Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon)
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), D. Sarsenov (Nukus), B. Konnazarov (Nukus)
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).
 
Lokomotiv-BFK (Toshkent) – Cementchi (Kuvasoy)
Hakamlar:
I. Xudaydatov (Toshkent), F. Yormuxamedov (Toshkent), S. Nishonboev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
 
Zomin (Zomin) – Xotira-79 (Uychi)
Hakamlar:
D. Karimov (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent), D. Ubaydullaev (Guliston)
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
 
Obod (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy)
Hakamlar
: D. Pislegin (Toshkent), T. Suyunov (Guliston), SH. Yuldashev (Guliston)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
 
Xorazm (Urganch) – Oq-tepa (Toshkent)
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Kalinin (Qarshi)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
 
Mashal-2 (Muborak) – NBU-Osiyo (Toshkent)
Hakamlar:
I. Ibragimov (Nukus), D. Iskandarov (Nukus), SH. Rahmatov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Tambovcev (Toshkent).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика