So’nggi yangiliklar

16:35Про лига. "Қўқон-1912" - "Дўстлик"  0 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  3 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  16 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10

Bugun 16:00. O'zbekiston U-19 - BAA U-19 Yangiliklar

Bugun 16:00. O'zbekiston U-19 - BAA U-19

Teglar :  O'zbekiston U-19BAA
Aleksandr Mochinov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rish doirasida bugun BAA bilan o'ynaydi.

O'zbekiston yoshlar termasi 23 va 25 oktyabr kunlari BAA U-19 termasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.  Bugun bo'lib o'tadigan birinchi o'yin “Bunyodkor” stadionida soat 16:00 da boshlanadi.

Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qilishni istagan muxlislar chiptalarni “Bunyodkor” stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. CHiptalar narxi oddiy sektorlar uchun 10 000 so'm, CIP sektorlari uchun 25 000 so'm qilib belgilangan. OAV vakillari O'zPFL akkreditaciyasi bilan o'rtoqlik o'yiniga kiritiladi.  
25 oktyabr kuni 16:00 da boshlanadigan bellashuvga muxlislar bepul kirishlari mumkin bo'ladi. Ushbu o'yinni stadiondan yoritmoqchi bo'lgan OAV vakillari xuddi dastlabki uchrashuv singari O'zPFL akkreditaciyasi bilan kirishadi.  

Malumot uchun, shu yilning 30 oktyabr – 8 noyabr kunlari U-19 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o'yinlari o'tkaziladi. “B” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi OCH yo'llanmasi uchun mezbon Tojikiston, SHri-Lanka, Bangladesh va Maldiv orollari bilan kuch sinashadi. BAA U-19 termasi esa “A” guruhidan joy olgan bo'lib, OCH chiptasi yo'lida mezbon Qirg'iziston, Bahrayn, Ummon va Nepalga qarshi bahs yuritadi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика