So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Bu yil PFL Kubogi o'tkazilmaydigan bo'ldi Yangiliklar

Bu yil PFL Kubogi o'tkazilmaydigan bo'ldi

Teglar :  pfl kubogi
Yanvar boshlarida bu yil PFL Kubogi musobaqasi bo'lib o'tishi haqida xabar chiqqandi. Hatto musobaqa 25 yanvardan 11 fevralga qadar davom etishi ko'zda tutilgandi.

Biroq ayrim sabablarga ko'ra, bu musobaqa o'tkazilmaydigan bo'ldi. Bunga sabab turnirda qatnashishni ixtiyor etgan etarli miqdorda jamoalar yig'ilmadi. Bizga malum bo'lishicha, atigi to'rtta jamoa PFL Kubogida qatnashish niyatida murojaat qilishgan. Boshqa klublar esa indamay qo'ya qolishgan.

SHu o'rinda savol tug'iladi: nima uchun klublar tomonidan bu musobaqaga qiziqish sust bo'ldi? Axir PFL Kubogi chetga yig'in o'tkazish uchun ketmaydigan klublar uchun shu erda o'ziga xos tayyorgarlik vazifasini o'tardi. Bu borada Superliga klubiga murojaat qilganimizda sharoit yo'qligini aytishdi. Yani, ishtirokchi klublar o'zlari maydon topishga majbur bo'lishgan.

Balki badal puli ham qimmatlik qilgan bo'lishi mumkin. Yani, turnirda ishtirok etish istagida bo'lgan Superliga klublari 5 million so'm, Pro-liga jamoalari esa 3 million so'm to'lashlari lozim edi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham etarlicha jamoa yig'ilmadi va musobaqa bekor qilindi.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика