So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

"Bu o'yin chempionlik poygasiga katta tasir o'tkazadi, "Paxtakor" ketma-ket yutqazmaydi" - Turning markaziy "jangi" xorijlik mutaxassislar etiborida Yangiliklar

"Bu o'yin chempionlik poygasiga katta tasir o'tkazadi, "Paxtakor" ketma-ket yutqazmaydi" - Turning markaziy "jangi" xorijlik mutaxassislar etiborida

Bugun turning markaziy uchrashuvida "Navbahor" - "Paxtakor" o'zaro to'qnash keladi.

Nafaqat tur balki mavsum bezagiga aylanishi kutilayotgan qarama-qarshilikka barchaning qiziqishi yuqori. Hattoki, evropalik mutaxassislarning nigohi bugungi o'yinga qaratilgan. 

"Paxtakor" sobiq ustozi chernogoriyalik Miodrag Radulovich bu borada jamoalarning imkoniyatini chamaladi. 

"Bugungi o'yin chempionlik poygasiga katta tasir o'tkazadi. "Paxtakor"ning holati yaxshi emas, Samvel Babayan esa yaxshi jamoa tuza olgan. Bu uchrashuv haqida oldindan nimadir deyish qiyin. Yaxshi hujum qiladigan jamoaga qarshi himoyada munosib kurasha oladigan jamoa o'ynaydi. Stadionga ko'plab muxlislar kelishini kutmoqdaman. Ishonchim komilki, muxlislar o'yindan zavq olishadi. O'ylaymanki, qiziqarli bahs bo'ladi",- deydi Radulovich. 

Ayni paytda Greciyada istiqomat qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Stepan Atoyan ham Namangandagi jang oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Stepan Melikovich chempionatimizni, o'yinlarni doim kuzatib borishini takidladi. 

"Fikrimcha, durang natija qayd etiladi. "Paxtakor" Superligada ketma-ket 2ta o'yinda yutqazmaydi, deb o'ylayman. Boz ustiga ular chempionlik uchun kurashmoqda. CHempionlik uchun imkoniyat doim bo'lgan. Ko'p narsa futbolchilarning o'yindagi holatiga bog'liq. Ruhiy va jismoniy tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi",- deydi Stepan Atoyan. 

Serbiyalik murabbiy, o'tgan mavsumda "Qizilqum"da ishlagan Nikola Lazarevich ham bu borada o'z taxminlarini bildirdi. 

"Jamoalarning kuchayganini unchalik sezmadim. Lekin aytishim mumkinki, "Navbahor" bu yil nazarimda yaxshi kuchayishga erishdi. CHempionlik uchun asosiy nomzod hisoblanadi. U erda "So'g'diyona"dan CHermel, "Qizilqum"dan Abduxoliqov, serbiyalik himoyachi Ivanovichni taklif qildi. "Paxtakor" oxirgi ikki o'yinda kerakli natijalarga erisha olmadi. O'yin taraflama so'nggi uchrashuvlardan kelib chiqqanda "Navbahor" yaxshiroqdek ko'rinyapti. Lekin "Paxtakor"ni unutmaslik lozim. O'ylaymanki, "Paxtakor"da bu muvaffaqiyatsiz davr tugaydi. Bugungi uchrashuvga kelsak, "Navbahor"da biroz ko'proq imkoniyat bor

Bu jamoalar o'rtasidagi o'yin doim qiziq o'tadi. Qaysidir jamoa ochiq o'yin ko'rsatmaydi. CHunki natija ikki jamoaga ham muhim. "Navbahor"ning "Metallurg"ga qarshi o'yinini ko'rib chiqdim. So'nggi daqiqalarda diqqatni yo'qotib gol o'tkazib g'alabani qo'ldan chiqardi. "Paxtakor" esa ketma-ket yutqazishini kutmagan bo'lsa kerak. 

"Navbahor" ustozi hakamlar va boshqa ishlar bilan kamroq mashg'ul bo'lib, ko'proq futbolchilarining tayyorgarligi bilan ishlasa qiziqarli o'yin ko'rishimiz mumkin. Yuqorida aytganimdek, "Navbahor" bugun raqibiga qaraganda biroz ustunroq",- deydi Lazarevich.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика