Bu yil faoliyatini yakunlaganini elon qilgan 9 ta futbolchi (FOTO)
02 apr 2014 09:20
Yangiliklar


Bu yil faoliyatini yakunlaganini elon qilgan 9 ta futbolchi (FOTO)
Bu yil faoliyatini yakunlaganini elon qilgan futbolchilar.
Klarens Zeedorf, Gollandiya, Ispaniya va Italiya chempioni. ECHLning to'rt karra g'olibi. Ayni paytda esa "Milan" jamoasini boshqarmoqda.
Raul, "Real" jamoasining afsonasi va klub tarixidagi eng yaxshi to'purar. Olti karra Ispaniya chempioni. ECHLning uch karra g'olibi.
Junino Pernambukano, Franciyaning etti karra chempioni. Futbol tarixidagi eng moxir jarima to'pi ustalaridan biri.
Rivaldo, Braziliya, Ispaniya, Greciya, O'zbekiston va jahon chempioni. ECHL sovrindori. "Oltin to'p" egasi.
Nunu Gomesh, Portugaliya, chempioni, Italiya va Portugaliya kubogi g'olibi, Evro-2004da kumush medali sohibi.
Xarri Kyuell, Liverpul bilan birgalikda ECHL, Angliya kubogi va superkubogida g'alaba qozongan.
Gabriel Xaynce, Franciya, Angliya, Ispaniya chempioni. Olimiada chempioni.
Stiven CHerandolo o'zining 15 yilini Gannover uchun bag'ishlagan.
Kristian Kivu, Italiyaning uch karra chempioni. Italiya kubogi g'olibi va Klublar o'rtasida jahon chempionatida "Inter" safida g'alaba qozongan.
sports.ru materiallari asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Fikrlar