Brendan Rojers: "Maydonni sug'orishmagan ekan"
07 apr 2014 01:21
Yangiliklar


Brendan Rojers: "Maydonni sug'orishmagan ekan"
"Liverpul" ustozi Brendan Rojers "Vest Xem" bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bugun hakamlar ikkala tomon uchun ham yomon ishlashdi. Lekin biz raqibdan kuchliroq o'ynadik. Birinchi penalti gap so'zlarsiz bor edi. Hakam "Vest Xem" gol urgan vaziyatni takroriy lavhada ko'rsin va qaerda xato qilganini bilib oladi. Ikkinchi belgilangan penaltida hakam haq edi. Bugun maydonni sug'orishmagan ekan. Juda quruq edi. Bu bizning o'yinimizni tezligini pasaytirish uchun mezbonlar tomonidan qilingan reja.

Fikrlar