Braziliya terma jamoasi sobiq ustozi "Flamengo"da ish boshladi
10 okt 2023 13:21
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Tite yangi jamoa topdi.
"Flamengo" Libertadores Kubogi va Braziliya Kubogidan chiqib ketgach, Xorxe Sampaolini istefoga chiqardi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, Tite "Flamengo"ning yangi murabbiyi bo'ladi. 62 yoshli mutaxassis Braziliya terma jamoasini tark etgach, deyarli bir yil davomida tatilda edi, u terma bilan Qatardagi JCHda chorak finalda omadsizlikka uchragandi. Tite "Flamengo" bilan 2024 yilning dekabrigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, "qizil-qoralar" ayni damda 44 ochko bilan Braziliya A Seriyasi turnir jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. "Flamengo" peshqadam "Botafogo"dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar