Bozorov finaldan chetlatildi. Qizil kartochkalarni eslaymiz
04 dek 2021 17:10
Yangiliklar
Bozorov finaldan chetlatildi. Qizil kartochkalarni eslaymiz
|
Paxtakor Odiljon Hamrobekov - 28' |
O'zbekiston kubogi. 3-tur 04/12/2021, 16:00 2
:
1
Tugadi
|
Nasaf Bahrom Abdurahimov - 38', G'olib G'aybullaev - 75' |
Uchrashuvning 34-daqiqasida "ajdarlar" yarim himoyachisi Oybek Bozorov Hojiakbar Alijonovga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun maydondan chetlatildi. SHu o'rinda kubok finallari tarixida ko'rsatilgan qizil kartochkalar haqida malumot berishga qaror qildik.

Bunga qadar ortda qolgan 28 o'yinda 7 jamoaning 13 futbolchisi maydondan chetlatilgan edi. Qizil kartochka bilan jazolanish borasida "Bunyodkor" vakillarining oldiga tushadigani yo'q (4).
1. Baxtyor Ashurmatov ("Bunyodkor")
2. Rustam Do'rmonov ("Neftchi")
3. Uche Ixeroume ("Paxtakor")
4. Xayrullo Karimov ("Bunyodkor")
5. Akrom Komilov ("Bunyodkor")
6. Farhod Magometov ("Navbahor")
7. SHuhrat Rahmonqulov ("Navbahor")
8. Ulug'bek Ro'zimov ("Paxtakor")
9. Ilhom Suyunov ("Paxtakor")
10. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
11. Aziz Haydarov ("Bunyodkor")
12. Jasur Hasanov (AGMK)
13. Rustam Abdiev ("Yangier")
Xullas, Oybek Bozorov kubok finalida maydondan chetlatilgan 14-futbolchiga aylandi. Ayni paytda u "Nasaf"ning qizil kartochka olgan dastlabki vakili hamdir.
Malumot uchun, 24 yoshli Bozorov bu mavsumda 2-bor maydonda chetlatildi. U Superliganing 16-turi doirasidagi "Navbahor" bilan o'yinning 72-daqiqasida qizil kartochka bilan chetlatilgan edi.

Fakt: Ahrol Risqullaev kubok finalida qizil kartochka ko'rsatgan 9-referiga aylandi.

SHuningdek, 1997 yilgi finalning 12-daqiqasida "Neftchi" ustozi Yuriy Sarkisyan ham texnik zonani tark etishga majbur bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar