So’nggi yangiliklar

23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  3 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  19 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3

Boyan Kalevich: "1500-2000 dollar atrofida maosh olayapman" Yangiliklar

Boyan Kalevich: "1500-2000 dollar atrofida maosh olayapman"

Bekobodning "Metallurg" hamda Toshkentning "Bunyodkor" jamoalaridagi o'yini bilan o'zbekistonlik futbol ishqibozlariga yaxshi tanish bo'lgan Boyan Kalevich ayni paytda Malta chempionatida to'p tepyapti.
O'tgan yili CHernogoriyaning "Mladost" klubi tarkibida Evropa Ligasida o'ynashga muvaffaq bo'lgan Boyan "Sevilya", "Videoton" hamda "Senica" jamoalariga qarshi maydonga tushgandi. Biz Boyan bilan bog'lanib, ayni paytda qaysi jamoa sharafini himoya qilayotgani bilan qiziqdik.

- Yarim yildirki, Maltaning "Mosta" klubida o'ynayapman. Kecha "Floriana" jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etdik. 19-turdan so'ng jamoamiz 29 ochko bilan 5-o'rinda borayapti. Kechagi raqibimiz 8-pog'onadan joy olgan. Turnir jadvalida "Birkirkara" klubi 50 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. Kuchlik uchlikdan "Valetta" va "Xaybernians" klublari joy olishgan.

- O'tgan mavsumni CHernogoriya chempionatida boshlab, Evropa ligasida ham o'ynashga ulgurgandingiz. SHuni inobatga olsak, faoliyatingizda pasayish kuzatilibdida?
- Balki. Lekin menga Malta chempionati va qolaversa mamlakatning o'zi ham maqul kelyapti.

- Sir bo'lmasa, bir oylik maoshingiz qancha?
- 1500-2000 dollar atrofida maosh olayapman.

- O'zbekistonga qaytish haqida o'ylamayapsizmi?
- Qarshi bo'lmasdim. Ammo hali hech qanday taklif olmadim.


Kamoliddin Alimov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика