So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  12 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  1 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Botir Qodirqulov: "Yana katta futbolga qaytmoqchiman" Yangiliklar

Botir Qodirqulov: "Yana katta futbolga qaytmoqchiman"

“SHo'rtan” sobiq futbolchisi Botir Qodirqulov oyog'idan jiddiy jarohat olib, joriy mavsumdan o'z imkoniyatlarini murabbiylikda sinashga qaror qilgan.
Odatga aylanib qolgan futbolchilarning o'yinoldi fikrlari bilan tanishish o'rniga bugungi  “Neftchi” – “SHo'rtan” uchrashuvi oldidan jamoamizning sobiq futbolchisi va endingi yordamchi murabbiyi – Qodirqulovning futbolchi sifatida ushbu o'yinga qarashlari haqida malumot berishga qaror qildik.

- Murabbiylik, futbolchilikdan ancha masuliyatli va murakkab ish ekanligini endi anglab etayapman. Hozirgi holatimda maydonga tushib jamoamga yordam berish istagi kundan-kunga kuchayib bormoqda. “SHo'rtan”ning mavsumni bu qadar omadsiz boshlashi meni ham ko'pchilik qatori juda ham o'ylantirmoqda. Xudo xohlasa, sog'lig'imni tiklab olsam, ikkinchi davrada Rahbariyat bilan maslahatlashgan holda maydonga qaytmoqchiman.

- “SHo'rtan”ning o'yinlariga to'xtaladigan bo'lsam, jamoamiz yomon o'ynayapti deya olmayman. Yigitlar astoyidil harakat qilishmoqda. O'yinoldi mashg'ulotlarni ham bor kuch va g'ayratlari bilan o'tkazishmoqda. O'yinlarda ham jamoamiz ko'plab vaziyatlarni sodir qilishga erishayapti, ammo nima sabab bilmadim-u, yakunlovchi holatlarni samarali yakunlay ololmayapti. Jamoadoshlarimning g'alabaga va natijani qo'lga kiritishga ishtiyoqi baland. Garchi so'ngi uchrashuvda “Lokomotiv”ga yutqazgan bo'lsakda ana shu ishtiyoq o'yin davomida ko'rinib turdi. Buni maydonga tashrif buyurgan muxlislarimizning uchrashuvning so'ngi daqiqalariga qadar kuzatib, jamoamizni qo'llab-quvvatlaganidan ham bilsak bo'ladi. Tarkibimizda ajoyib futbolchilar bor. Ishonchim komil, yigitlarning harakati va yuqorida aytib o'tganimdek, ishtiyoqi  bugun Farg'onada o'zining ijobiy natijasini beradi – dedi Botir Qodirqulov o'z fikr va mulohazalarini yakunlab.

"SHo'rtan" matbuot xizmati
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика