So’nggi yangiliklar

01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  20 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  13

Botir Qodirqulov: “Xindistonda operaciya ko'ngildagidek o'tdi” Yangiliklar

Botir Qodirqulov: “Xindistonda operaciya ko'ngildagidek o'tdi”

“SHo'rtan” o'yinchisi Botir Qodirqulovning Xindistonga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik. Yaqinda 31 yoshli futbolchi yurtimizga qaytib keldi. SHu munosabat bilan Qodirqulovni suhbatga chorladik.
- Botir aka, Xindistondan qachon keldingiz?
- 10 fevral kuni yurtimizga qaytib keldim. Dehlida 8 kun bo'ldim.

- Xindiston varianti qanday paydo bo'ldi?
- Do'stim Jasur Boboev ham ilgari Xindistonga borib oyog'ini operaciya qildirib kelgandi. Aynan uning maslahatiga ko'ra, men ham oyog'imni Dehlida operaciya qildirishni lozim topdim.

- Bu jaroxatni qachon olgandingiz?
- Oyog'imdagi eski jaroxat qiynab kelayotgandi. O'zimizda operaciya qildirganimda shifokorlar o'z ishini puxta bajarmagan ekan. Asorati bilinib turdi. SHuning uchun xorijda yana boshqatdan operaciya qildirib kelishga qaror qildim.

- Xo'sh, bu safar operaciya jarayoni qanday o'tdi?
- Hammasi ko'ngildagidek. Hech qanday havotir yo'q.

- SHifokorlar qachon maydonga qaytishingiz borasida tayinli gap aytdimi?
- Hozircha hassada yuribman. Tahminan 2 oydan so'ng trenajyor zalida engil mashg'ulotlarni o'tkazib boraman. Asta-sekin maydonga chiqib, yugurish va umumiy guruh bilan shug'ullanishni boshlayman.

- Bu yil sizni yana rasmiy o'yinlarda ko'rishimiz mumkinmi?
- Ha, albatta. O'zim ham shunga umid qilyapman. Ikkinchi davraga qadar optimal formaga kirib borishga urinaman. Har xolda shunga xarakat qilaman.

- Xindistonga borib kelishingizda “SHo'rtan” klubining moddiy tomondan amaliy yordamini sezdingizmi?
- Ha, klub rahbariyati bu borada qo'llab-quvvatladi. Ularga minnatdorchilik bildirib qolaman. Qolaversa jamoadoshlar va murabbiylar ham ruhan ko'nglimni ko'tarmoqda.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика