So’nggi yangiliklar

10:13Ўзбекистон МОҚ раҳбарлари "Манчестер Сити" клуби меҳмони бўлишди   0 09:46Гвардиола Родридан нима истаётганини айтди  1 09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:53"Манчестер Юнайтед" 20 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолашга яқин  0 08:26Суперлига. Бугун 20-тур якунланади  0 07:58"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди  0 07:35Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" ўйинида 8 та гол урилди ва "шерлар" ғалаба қозонди. "Қизилқум" – "Бунёдкор" баҳсида эса дуранг  10 07:30"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячиси тарк этиши мумкин  1 01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  8 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  5 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0

Botir Nosirov: "Nasaf" eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi" Yangiliklar

Botir Nosirov: "Nasaf" eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi"

Oliy liganing 12-turida muxlislar Qashqadaryo derbisiga guvoh bo'ldi. Unda "Nasaf" yon qo'shnisi "Mashal"ni qabul qilib 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Muborakliklar tarkibida harakat qilgan Botir Nosirov uchrashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Albatta derbilar har doim qiziqarli va keskin ruh ostida o'tadi. Ilgari vodiy derbisida bir necha bor ishtirok etganman. Bu safar esa qashqadaryo derbisida o'ynadim. Bundan xursandman, - deya gap boshladi Botir Nosirov.

- O'yinga keladigan bo'lsak, Qarshiga faqat ijobiy natijaga erishish uchun borgandik. Bilasangiz kerak, jamoamiz safarda bungacha yutqazmay kelayotgandi. Nasaf bilan o'yinda ham ushbu ananani davom ettirishni xohlagandik. Afsuski mag'lubiyatga uchradik.

- Aytish kerakki, mezbonlar haqli ravishda g'alaba qozondi. Ular butun o'yin davomida bosim o'tkazdi. Durangni ushlab qola olmaganimiz ruhiy tasir o'tkazdi. Butun o'yin davomida etiborim to'pga qaratildi. Himoyachilarga gapirib, yo'l-yo'riq ko'rsatib tura olmadim. Balki shunday qilganimda bunchalik ko'p to'p o'tkazib yubormagan bo'larmidik... Endi yo'l qo'ygan xatolardan to'g'ri xulosa chiqarib olishimiz kerak.

- "Nasaf"ning oldin o'tkazgan o'yinlarini ko'rib chiqqandik. Bizga qarshi uchrashuvlarda ular eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi.

- Ushbu mag'lubiyatdan keyin murabbiylar o'yin video tasmasini bizga qo'yib, taxlil qilib beradi. Qaerda qanday xato qilgan bo'lsak, kelgusida ularni bartaraf etishga xarakat qilamiz.

- Birinchi davraning so'nggi turida "Metallurg"ga qarshi o'ynaymiz. Sariq kartochkalarim soni 4taga etdi. Endi bo'lajak bahsda jamoamga yordam bera olmayman. Lekin shuni aytishim mumkinki, "Metallurg" bilan o'yinda faqat 3 ochko uchun o'ynaymiz va birinchi davrani 5-o'rinda tugatamiz.

Islombek Rustambekov.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика