So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  10 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Borussiya"ni kim boshqaradi? Yangiliklar

"Borussiya"ni kim boshqaradi?

"Borussiya" jamoasi bosh murabbiyi Peter SHtyoger Dortmunddagi kelajagi katta so'roq ostida turibdi.

Dortmund klubi rahbariyati jamoa ko'rsatayotgan o'yindan qoniqmayapti. SHu boisdan ham Peter SHtyogerning kelasi mavsumda jamoa rulida qolishi ehtimoli juda kam.

Garchi jamoa chempionat yakunlanishiga 2 tur qolganida deyarli ECHL yo'llanmasini hal etgan bo'lsada, rahbariyat jamoaga yangi murabbiy olib kelish taraddudini boshlagan.

Rahbariyat jamoaning oxirgi yillarda yo'qotilgan imiji va statusini tiklamoqchi. Tomas Tuxel va bir qator etakchi futbolchilarning jamoadan ketgani "Borussiya"ning o'yini va natijalariga keskin tasir qilgani aytilmoqda.

Ayni paytda "Borussiya" Dortmundni boshqarish uchun ikkita nomzod ko'rsatilmoqda. Biri Bundesliga uchun begona bo'lmagan shveycariyalik Lyusen Favr. Ikkinchisi portugaliyalik mutaxassis Villash-Boash.

Lyusen Favr o'z vaqtida Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini muvaffaqiyatli boshqargan va jamoani evrokuboklarga olib chiqqandi. Aynan Favrning qo'l ostida Marko Roys "Borussiya"da porlab chiqqan. SHuningdek, ushbu mutaxassis taktik juda kuchli va hujumkor futbol namoyish etishni xush ko'radi. Tajovuzkor futbol taradori bo'lgan Favr ayni paytda "Nicca" jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Ammo mutaxassisning fikricha, Favr allaqachon "Bavariya" yoki "Borussiya" Dortmund kabi yuqori darajadagi jamoalarda ishlashga tayyor.

Ikkinchi nomzod sifatida qaralayotgan Andre Villash-Boashning oxirgi jamoasi Xitoyning "SHanxay SIPG" bo'lgandi. Villash-Boash allaqachon dortmundliklar bilan aloqaga chiqqan va "Borussiya"da ishlash istagida.

"Borussiya" klubi rahbariyati esa mavsum yakunlangach aniq bir to'xtamga kelishi kutilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика