"Borussiya" Xolandning Dortmunddan ketishini tasdiqladi
30 apr 2022 10:16
Yangiliklar
"Borussiya" Xolandning Dortmunddan ketishini tasdiqladi
Dortmundning "Borussiya" klubi direktorlar kengashi raisi Xans-Yoaxim Vatcke hujumchi Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o'tishni xohlayotganini aytdi.
"Uning shartnomasida tovon puli yozilgan. Yo'qsa, u allaqachon "Manchester Siti"ga o'tgan bo'lardi.
O'yinchining o'zi qaror qabul qilishi kerak. Biz yangi Xolandni topishimizga ishonchim komil. Bizga yangi Xoland kerak.
Adeyemi? Biz muzokaralar olib bormoqdamiz. O'yinchining o'zi "Borussiya" tarkibida o'ynamoqchi. Bu masalani hal etish kerak", - deydi Vatcke.
Erling Xoland joriy mavsum "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar