"Borussiya" va "Barselona" kelishib olishdi
24 avg 2018 17:15
Yangiliklar
"Borussiya" va "Barselona" kelishib olishdi
"Barselona" hujumchisi Pako Alkaser faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettiradi.
Malumotlarga ko'ra, "Barselona" va "Borussiya" Alkaser borasida kelishib olishdi. Hujumchi nemis klubiga ijara asosida o'tadi, ammo shartnomada futbolchini sotib olish huquqi bo'ladi.
Alkaser Kataloniya klubining asosiy tarkibidan joy ola bilmadi. Forvard "Alaves"ga qarshi LaLiganing 1-tur uchrashuvi qaydnomasiga kiritilmadi. Oldinroq, 24 yoshli futbolchiga "Portu" va "Betis" qiziqish bildirayotgani elon qilingan edi.
Alkaser 2016 yilda "Valensiya"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniya klubi forvard uchun 30 mln evro to'lagan. Alkaser Kataloniya klubi safida hozirgacha 50ta uchrashuv o'tkazib, 15ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar