So’nggi yangiliklar

17:36Бруну Фернандеш тахминан 1 ойга сафдан чиқди — ОАВ  0 17:05Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди  9 16:38ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон йилни 50-ўринда якунлади  10 16:21Африка Кубоги ғолиби қанча маблағ ишлаб олиши маълум бўлди  1 15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  3 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  2 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  3 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  6 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  6 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  2 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2

Pako Roch: "Vinisius yaxshi futbolchidir, ammo inson sifatida bir uyum axlat" Yangiliklar

Pako Roch: "Vinisius yaxshi futbolchidir, ammo inson sifatida bir uyum axlat"

"Valensiya" sobiq prezidenti Pako Roch Vinisius Juniorning o'zini tutishini tanqid qildi.

Pako Roch 2023 yil "Mestalya"da sodir bo'lgan voqeani esga oldi. O'shanda "Valensiya" muxlislari Vinisius Juniorni haqorat qilib, uni "maymun" deyishgan va bahs 8 daqiqaga to'xtab qolgan edi.

"U "Mestalya"dagi panjarani oshib tushib, shunday degan: "Sen meni fohishani bolasi deding". O'sha kuni o'g'lim va nevaram bilan stadionda edim. Ovozlarga tushunmay, nevaramga savol berdim: "Alfonsito, ular nima deb baqirishyapti?. U "Ular Vinisiusni ahmoq deyishyapti" deya javob berdi. Muxlislar Vinisiusni maymun deb atashibdi deb o'ylabman. Ammo yo'q. Keyin 40 yoshli o'g'limdan ham muxlislar nima deb baqirayotganini so'radim. U ham "ahmoq" deya javob berdi.

Vinisius ishqibozlarga yaqin kelib, qandaydir ishoralar bilan shunday dedi: "Siz ikkinchi divizionga uchib ketasiz". Keyin uning qizil kartochkasini bekor qilishdi, bu nima degan gap? Keyin stadionning ikki yoki uch tribunasini bir nechta o'yinga yopib qo'yishdi, uni esa kechirib yuborishdi.

Balki u yaxshi futbolchidir, men ham shu fikrdaman, ammo u... Inson sifatida u bir uyum axlat. Doim hakamlarga etiroz bildiradi. Men 20 yoki 30 marta Janubiy Amerikada bo'lganman va men bilan hech qachon bunaqasi bo'lmagan. Janubiy Amerikaga borib odamlar bilan kamtarona suhbat qurganman" - dedi Pako Roch.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика