"Borussiya D" vingerini sotishga rozi
28 may 18:17
Yangiliklar
Dortmundning "Borussiya" jamoasi Karim Adeyemini sotishga tayyor, deya xabar berdi "Sky Sport Germany". Ko'rinib turibdiki, klub futbolchidan norozi.
"Asalarilar" yozda takliflarni qarab chiqadi. Avvalroq futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir qancha klublari qiziqish bildirayotgandi.
Adeyemi "Borussiya"da 2022 yildan buyon to'p tepadi. 22 yoshli germaniyalik o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar