So’nggi yangiliklar

11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  3 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  6 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  21 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26

Bolalar futboli. Samarqandda "Amir Temur", Farg'onada "Al Farg'oniy" nomidagi musobaqalar o'tkaziladi Yangiliklar

Bolalar futboli. Samarqandda "Amir Temur", Farg'onada "Al Farg'oniy" nomidagi musobaqalar o'tkaziladi

SHunday musobaqalardan biri Samarqand shahrida 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadi.

O'zbekiston tarixiy siymo va qahramonlarga, ulug' alloma va qomusiy olimlarga boy o'lka. O'zbekiston futbol Associaciyasi yurtimiz yoshlarini tarixiy shaxslar, alloma va buyuk siymolar bilan yaqindan tanishtirishna ular nomi bilan o'tkaziladigan turli musobaqalar orqali amalga oshirishga qaror qildi.

SHunday musobaqalardan biri Samarqand shahrida 2008 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadi. Samarqand futbol Associaciyasi bilan hamkorlikda ilk marotaba tashkil etiladigan "Amir Temur" Kubogi musobaqasi bahonasida tarixiy Movaraunnahr poytaxtiga tashrif buyuradigan ishtirokchilar  Amur Temur siymosi va Temuriylar avlodlari bilan yaqindan tanishadilar.

2007 yilda tavallud topgan futbolchilar esa "Oltin vodiy" dasturi asosida Farg'onada "Al Farg'oniy" Kubogida chempionlik uchun bahs olib boradilar. Bu musobaqa Farg'ona futbol Associaciyasi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

2006 yilda tavallud topgan futbolchilar Amir Temur tavallud topgan Qashqadaryo o'lkasida chempionlik uchun kurash olib boradilar. "Voha Kubogi" deb nom olgan musobaqa "Nasaf" va Qashqadaryo futbol Associaciyasi bilan hamkorlikda o'tkaziladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov har yili Namanganganda "Odil Cup" musobaqasini o'tkazib kelar edi. Joriy yilgi musobaqa O'FA va Rossiyaning “Detskaya futbolnaya liga” (DFL) tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi. Musobaqa g'olibi DFLning eng katta loyihalaridan biri bo'lgan "Bolshie zvezdy svetyat malym" musobaqasida ixtiyoriy ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Mazkur turnir Namangan viloyati futbol Associaciyasi bilan birgalikda tashkil etiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика