So’nggi yangiliklar

17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  0 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  3 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1

Bolalar futboli bo'yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich Toshkentga keladi Yangiliklar

Bolalar futboli bo'yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Miloslavlevich Toshkentga keladi

Mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish, hududlarda bolalar va o'smirlar orasida futbolni yanada ommalashtirish borasida O'zbekiston Futbol Federaciyasi tomonidan birinchi galda bolalar murabbiylarining malakasini oshirishga alohida ahamiyat qaratilyapti.

Futbol maktablarida Evropaning futboli rivojlangan mamlakatlari o'quv-metodikasi asosida ish olib borish, bolalar bilan mashg'ulotlarni yangi uslubda, Evropa andozalariga mos ravishda o'tkazish va shu yo'l orqali yuqori saviyali futbolchilarni tayyorlashga eng asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

Mana shu maqsadda, viloyatlar to'rtta hududga bo'lingan holda, har bir hudud uchun bir nafardan xorijlik mutaxassis jalb qilinishi haqida avval xabar berib o'tgandik. SHu yilning 17 dekabr kuni serbiyalik 56 yoshli mutaxassis Zavisha Miloslavlevich poytaxtimizga tashrif buyuradi. U mamlakatimizda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha o'zining dasturini O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyatiga taqdim etadi.

O'FF rahbariyati tomonidan bu dastur o'rganib chiqilib, maqul deb topilsa, Zavisha Miloslavlevich bilan shartnoma imzolanadi. U 3-hudud hisoblangan vodiyda Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarida ish olib boradi. Boshqa hududlar uchun ham Evropadan bolalar futboli bo'yicha mutaxassislarni jalb qilish maqsadida hozirda muzokaralar davom etyapti.

Zavisha Miloslavlevich haqida malumot: 1961 yil Serbiyada tavallud topgan. Murabbiylik faoliyatini 1986 yil Zagrebning “Dinamo” klubida boshlagan. Keyinchalik Serbiyaning turli yoshlardagi terma jamoalarida (U-16, U-19) faoliyat olib borgan. 2003-2007 yillar davomida Serbiya yoshlar terma jamoasida murabbiy bo'lib ishlagan.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика