So’nggi yangiliklar

18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  0 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  1 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  1 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  6 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  4 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:15Футзал. Эртага Ўзбекистон Тошкентда тўрт карра Осиё чемпионига қарши ўйнайди  0 15:09Машҳур мураббийнинг уйи қуролли босқинчилар томонидан талон-торож қилинди  0 14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  5 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  5 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0

Bolalar futboli. Andijon viloyatida “Kelajak ligasi” start oldi Yangiliklar

Bolalar futboli. Andijon viloyatida “Kelajak ligasi” start oldi

O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari joriy yilning may oyida bolalar va o'smirlar futbolini o'rganish va joylarda musobaqalar sonini oshirish maqsadida Respublikamiz hududlarida xizmat safarlarida bo'lib qaytishgan edi.

Safarlardan asosiy  maqsad viloyatlardagi mavjud vaziyatni chuqur o'rganib chiqish, musobaqalar sonini oshirish, bolalar ligalarini yo'lga qo'yishdan iborat bo'lgan.

Xozirgi kunga kelib viloyatlarda bolalar ligalari yo'lga qo'yildi va bahslar qizg'in davom etmoqda.

18 iyun kuni Andijon viloyatida ham  “Kelajak ligasi” start oldi. Unda 2007-2008, 2005-2006 hamda 2003-2004 yilda tug'ilgan bolalar ishtirok etmoqda.  Ushbu Bolalar ligasida Andijon viloyatidan jami 21 ta jamoa qatnashyapti. Musobaqalarda xar bir yosh toifalari 4ta hududga bo'lingan holda, bahslarga kirishishdi.

Musobaqa 2 bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda jamoalar hududlarga bo'linib,  aylanma tarzda ikki davrada uyda- mehmonda o'yin olib borishadi. 2-bosqichda o'z hududlarida birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan 8ta  jamoa ishtirok etadi. O'z xududlarida birinchi va ikkinchi o'rinni egallay olmagan jamoalar esa quyi ligada kuch sinashadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика