Bogdan Planich: "'Nasaf' jismonan kuchli jamoa bo'lganligi sababli, ko'p yugurishga to'g'ri keldi"
22 okt 15:14
Yangiliklar
Bogdan Planich: "'Nasaf' jismonan kuchli jamoa bo'lganligi sababli, ko'p yugurishga to'g'ri keldi"
Elit Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Shabab Al Ahli" – "Nasaf" uchrashuvidan so'ng (4:1) amirliklar himoyachisi Bogdan Planich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Nihoyat imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalanib, ikkitadan ko'p gol urishga erishganimizdan juda mamnunman. Bugun to'rtta gol urdik. Yanada ko'proq gol urish imkoniyatimiz bor edi, lekin ikkitadan ko'p gol urishga muvaffaq bo'lganimiz meni quvontirdi. O'yin juda qiyin o'tdi. Raqiblarimiz jismonan kuchli jamoa bo'lganligi sababli, ko'p yugurishga to'g'ri keldi. Ular keng maydon bo'ylab yugurish talaba etiladigan vertikal o'yin uslubiga ega jamoa. Biroq o'yinni yaxshi nazorat qildik. To'rtta gol urib, g'alabaga erishdik va bunga loyiqmiz", dedi 33 yoshli serbiyalik futbolchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar