So’nggi yangiliklar

22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  6 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  1 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  39 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  55 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  2 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  2 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   6 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0

Bobur Zuhriddinov: "Bunyodkor"dek jamoa bilan durang o'ynaganimizdan xursandman" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Bunyodkor"dek jamoa bilan durang o'ynaganimizdan xursandman"

"Obod" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Yaxshi uchrashuv bo'ldi. Rejalarimizning 100 foiz bo'lmasa-da, anchagina qismi amalga oshdi. Ayrim vaziyatlarda kamchiliklarimiz ham ko'rinib qoldi. Lekin “Bunyodkor”dek raqibga qarshi munosib qarshilik ko'rsatganimizdan xursandmiz.

- Uchrashuvda durang qayd etilgani sizning o'yinga to'g'ri taktika tanlaganingiz bilan bog'liqmi yoki raqibning o'yini qovushmagani sabablimi?  
- Men bugun “Bunyodkor” yaxshi o'ynay olmadi, demagan bo'lardim. Raqib kerak bo'lsa, bizga “dars” o'tdi. Avval ham aytgandim, biz izlanish yo'lidamiz. SHunday raqiblarga qarshi o'yinda o'zimizga ko'p narsa olamiz va izlanishda davom etamiz.

- “Bunyodkor” posboni Akbar To'raev haqida fikrlaringiz.
- Raqib darvozaboni haqida fikr bildirmayman. CHunki o'yin davomida o'z futbolchilarimning harakatlarini kuzatib bordim. So'radingiz aytaman: To'raev uchrashuvni yomon o'tkazgani yo'q.

- O'zingiz nima uchun darvozaboningizni almashtirdingiz?
- Darvozabonimizni almashtirganimiz taktika bilan bog'liq. Biz bugungi uchrashuvga har tomonlama puhta tayyorlangandik. Sababi, “Bunyodkor”dek raqiblarga qarshi bahslarda xato qilishga haqqimiz yo'q. Birgina xato qimmatga tushishi mumkin. Yana qaytaraman: darvozabonimiz o'ylagan taktika tufayli almashtirildi.

- Xo'p, o'sha vaziyatda darvozabondan ko'ra, biror bir futbolchini maydonga tushirib, o'yinni kuchaytirsangiz bo'lmasmidi?
- Albatta bo'lardi. Biroq aytganimdek, biz bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Avvalroq o'yin rejasini tuzib chiqqandik.

- Futbolchilaringiz ikkinchi bo'limda charchab qolayotgandek ko'rinmoqda. Oliy ligada butun bir mavsumni o'tkazishga jamoaning zaxira o'rindig'i qisqalik qilmasmikan?
- Bizning asosiy maqsadimiz kurashuvchan jamoa tuzish va shunga harakat qilyapmiz. Balki sizga zaxiramiz qisqadek ko'rinayotgandik, ammo tarkibimizda muammo yo'q. Biz bu futbolchilarni dekabr oyidan beri kuzatib kelyapmiz va saralab olganmiz.  
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика