So’nggi yangiliklar

12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  0 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  2 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  31 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  7 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  2 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  17 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5

Bobur Zuhriddinov: "Bugun g'alaba qozonishimiz shart edi" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Bugun g'alaba qozonishimiz shart edi"

Pro-liga 3-turidan o'rin olgan "Mashal" - "G'ijduvon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Mashal" muxlislarini va jamoamizning har bir azosini bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. Bugun yutishimiz kerak edi, buni 3 marta takrorladim. Yigitlar aynan shuni his qilgan xolda maydonga tushishgandi. Biz ortda qolgan 2 ta turda omadsizlik tufayli mag'lub bo'lgandik. Bugungi o'yindagi mag'lubiyat kechirilmas xatoga aylanardi. Yigitlarga rahmat, biz g'alaba qozonishni uddaladik. "G'ijduvon" jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik va mos ravishda tayyorgarlik ko'rgandik.

- Xudoyorxon Sagdullaev zaxiradan tushirilmoqda. Uning o'yinni asosiy tarkibda boshlamayotganiga sabab nima?

- Sagdullaev juda iqtidorli futbolchi. Har bir raqibga qarshi alohida yondashuv bilan tayyorgarlik olib boriladi. Bu rejamizda bor edi va reja ish berdi. 

- Bobur aka, avvalo tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz. Savolim shunday, o'yin qaydnomasida jamoa bosh murabbiyi sifatida Dilyaver Vaniev ko'rsatilgan. Biroq, maydon chetida futbolchilarga klub rasmiysi Denis Vasilev ko'rsatma berib bordi. Bu nimani anglatadi?

- Yo'q, jamoamiz bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev hisoblanadi. Bizda murabbiylar tarkibi bor. Murabbiylar tarkibiga siz ko'rgan Denis Vasilev ham qo'shiladi. SHuningdek, men ham murabbiylar shtabi bilan Dilyaver Vanievga yordam beramiz. O'yinda hayajonli vaziyatlar bo'ladi. Vaziyatlar tahlilida murabbiylar navbati bilan ko'rsatma berishi mumkin, bu tabiiy hol.

- Sergey Petrovning o'yini haqida fikrlaringiz?

- Petrovda ruhiyat yaxshi. Jamoa bilan tez kirishib keta oldi. Iqtidorli futbolchi, yuzaga kelgan imkoniyatdan unumli foydalanadi. Bugun ham u gol urib jamoamiz g'alabasiga o'z hissasini qo'shdi.

- "Mashal" mavsum startini o'tgan yilgidan yomon boshladi. Bu tarkib o'zgarishi bilan bog'liqmi?

- Albatta, shunday. Jamoamiz tarkibi 70 foizga o'zgarib ketdi. Yoshlar keldi, legionerlar keldi, bunday xolatda natija birdan yaxshi bo'lmaydi. Maqsadimiz faqat bitta - Superliga. Biz bu maqsad yo'lidan o'yindan-o'yinga shakllanib, kuchayib boramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика