So’nggi yangiliklar

04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2

Bobur Akbarov: "Bunyodkor” libosida maydonga tushish men uchun sharaf" Yangiliklar

Bobur Akbarov: "Bunyodkor” libosida maydonga tushish men uchun sharaf"

Ortda qolgan mavsumni “Guliston” jamoasida o'tkazgan himoyachi Bobur Akbarovga mamlakat chempionidan taklif tushdi.

Futbolchi “qaldirg'ochlar” bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.

- “Bunyodkor” klubidan qachon taklif olgandingiz, umuman bu qanday sodir bo'ldi?
- CHempionat davomida o'yinimni ko'rib qiziqishgan shekilli, menga taklif bilan chiqishdi. Variantlarni ko'rib chiqib “Bunyodkor”da to'xtadim. Bilaman, bu jamoada to'p surish oson ish emas. U erda raqobat ancha kuchli. Ammo umid qilamanki, bu narsa menga yordam beradi. “Bunyodkor”ga kelib oldimga yanada yaxshiroq maqsadlarni qo'ydim.

- Aytingchi, “Bunyodkor”ning taklifi siz uchun "syurprizdek" tuyuldimi?
- Ha, shunaqa desa ham bo'ladi. Nimagaki, har kimga ham bunday taklif bo'lavermaydi. “Bunyodkor”ning libosida maydonga tushishni hamma xohlaydi va bu men uchun sharaf. Mirjalol Qo'shoqovich menga ishonch bildirgan ekan, qo'limdan kelganicha ishonchini oqlashga harakat qilaman.

- “Guliston” bilan oliy ligani tark etishga majbur bo'ldinglar. SHunga qaramasdan siz chempion jamoa safiga qo'shilishga muvaffaq bo'ldingiz.
- Ikkala jamoani bir-biriga solishtirsh noo'rin. “Guliston”da muxlislar bizni yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Oliy ligani tark etgan bo'lsakda, ularning oldida yuzimiz yorug' deb ayta olaman.

- Yangi klubdagi “hayotingiz” ham boshlandi. Dastlabki taassurotlaringiz bilan o'rtoqlasha olasizmi?
- “Bunyodkor”ning mashg'ulotlari boshqa klublarnikiga qaraganda farq qiladi. Mashg'ulotlarda astoydil harakat qilib ko'zlangan natijalarga erisha olamiz. U erda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Xuddi eski tanishlardek munosabatda bo'lmoqdalar.

- Tabiiyki, faoliyatingizda oldinga qadam tashladingiz, to'g'rimi?

- Ha, men uchun katta o'zgarish bo'ladi. Nima qilib bo'lsa ham murabbiylarning ishonchini oqlashga astoydil kirishaman. Har bir futbolchining maqsadi bor, shunga yarasha men ham o'ylagan rejalarimni amalga oshirmoqchiman.

- “Andijon”ga o'tishingiz ham mumkin edi. Ammo “Bunyodkor”dek klubdan chaqiruv bo'lgach ularning taklifini ko'rib ham chiqmagan bo'lsangiz kerak?

- “Bunyodkor” Osiyo chempionlar Ligasida o'ynaydi. Men ham ushbu musobaqada o'zimni ko'rsatmoqchiman. “Andijon”ga keladigan bo'lsak, bu mening tug'ilib o'sgan shahrim. Balki kelajakda u erga qaytarman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика