So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  42 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

BML. Birinchi tur yakunlandi Yangiliklar

BML. Birinchi tur yakunlandi

Teglar :  BML
Yangi saytdagi ilk BML kubogining dastlabki turi bo'lib o'tdi.

Musobaqa jadvali 24 soat ichida etiboringizga havola etiladi.

DIQQAT! Bu safar o'zgarish qilinadi. Savollar mazkur sahifada har 5 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  •   CHat qilmaslik.
  •   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  •   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  •   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  •   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldiriladigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.



Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Har bir savolga 5 daqiqa vaqt beriladi! Savolga birinchi to'g'ri javob bergan ishtirokchiga 2, qolgan to'g'ri javob berganlarga 1 ochkodan beriladi.


SAVOL #1: 18:00 - 18:05 (vaqt)
Italiyadagi havaskor jamoalardan birida o'ynagan futbolchi o'yin vaqtida qulay imkoniyatda to'pga zarba berishga urinib kutilmaganda oyog'i bilan erni tepib oladi. Zarba juda kuchli chiqqanidan futbolchining oyog'i singandi. O'sha holatdan so'ng futbolchiga o'ziga xos mukofot berishgandi. Nimaga va qanday mukofot?

Javob 1: O'sha erda tarixiy skelet topilgan. Futbolchiga "arxeologik izlanishlar yo'lidagi harakati" uchun mukofot topshirilgan.


SAVOL #2: 18:05 - 18:10 (vaqt)
Futbolda darvozabonlar to'pni qo'l bilan o'ynashlari mumkin bo'lgan yagona amplua vakillari. XX asr boshida darvozabonlar uchun maxsus qoida ishlab chiqilgan. Bu qanday qoida?

Javob 2: 1912 yildan boshlab darvozabonlar to'pni faqat o'z jarima maydonlari ichida ushlash huquqiga ega bo'lishgan. Unga qadar ular maydonning istalgan joyida to'pni qo'l bilan o'ynayverishgan. Xatto qo'l bilan gol urgan holatlar ham kuzatilgan ekan.


SAVOL #3: 18:10 - 18:15 (vaqt):

2002 yilgi mavsumda oliy ligada eng ko'p o'yinni boshqargan hakam?

Javob 3: Rashid Aytekov 19ta o'yin


SAVOL #4: 18:15 - 18:20 (vaqt):

Franciya terma jamoasi azosi Loran Blan qanday tarixiy natija qayd etgan?

Javob 4: Jahon chempionati tarixida ilk oltin to'pni urgan.


SAVOL #5: 18:20 - 18:25 (vaqt):

2006 yilgi oliy ligada qayd etilgan eng yirik hisob qaysi o'yinda kuzatilgan?

Javob 5: "Navbahor" - "Xorazm" 10:0


Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Musobaqa jadvali 24 soat ichida taqdim etiladi.

Reyting:    

O’xshash yangiliklar

14:00
BML. 7-tur bo'lib o'tdi   41
16:55
BML. Beshinchi tur   102
17:50
BML. To'rtinchi tur   100

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика