Bleyz Matyuidi: "Bu juda muhim bahs"
08 apr 2014 01:53
Yangiliklar


Bleyz Matyuidi: "Bu juda muhim bahs"
"CHelsi" - "PSJ" o'yini oldidan parijliklar yarim himoyachisi Bleyz Matyuidi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ertaga "CHelsi"ga qarshi chiroyli va kuchli futbol namoyish etib berishimiz kerak. Bu juda muhim bahs bo'ladi. Joze Mourino jamoasi kamdan-kam mag'lubiyatga uchraydi. Bizga ularga qarshi o'yinda oson bo'lmaydi. Biz bor kuchimizni ishga solishimiz talab etiladi. Jamoamix yaxshi kayfiyatda ushbu o'yinga tashrif buyurmoqda. Yarim finalga chiqishimiz uchun yaxshi imkoniyatlarimiz mavjud. Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishimiz kerak. Ertaga Ibragimovich o'ynolmasligi yomon albatta. Ammo biz Zlatansiz ham yaxshi o'ynay olishimizni isbotlaganmiz.

Fikrlar